20:35 / 05.08.2020
8806

Durov Telegram sotilishi haqidagi mish-mishlarni rad etdi

Pavel Durovning so‘zlariga ko‘ra, unga Telegram’ni bloklashni istagan mamlakatlar bilan bog‘liq ikkita fond taklif bilan chiqqan.

Foto: Reuters

Telegram asoschisi Pavel Durov messenjer sotilmasligini ma'lum qildi.

«Biz foydalanuvchilarimizga xiyonat qilish bilan shug‘ullanmaymiz. Biz Telegram’ni sotmaymiz — na qisman, na to‘liq. Bu har doim bizning pozitsiyamiz bo‘lib qoladi», — dedi u.

Durovning so‘zlariga ko‘ra, unga Telegram’ni bloklashni istagan mamlakatlar bilan bog‘liq ikkita fond taklif bilan chiqqan. Takliflarda messenjer tez orada ishlashdan to‘xtashi, shuning uchun kompaniyaning ularda joylashgan qismini sotish yagona yo‘l ekanligi aytilgan.

«Biz ayrim mamlakatlardagi operatsion quvvatlarimizni sotish to‘g‘risidagi takliflarni hamisha rad etganimizdan faxrlanaman», — deb ta'kidladi u.

18 iyunda Rossiyada Telegram blokdan chiqarildi. Messenjerni 2018 yildan buyon mamlakat hududida bloklashga harakat qilishgandi.

Top