08:23 / 08.08.2022
13618

Toshkentda bugun 4 balli magnit bo‘ronlari bo‘lishi prognoz qilinmoqda

Toshkentda bugun tush payti oralig‘ida G3 darajalik 4 balli magnit bo‘ronlari bo‘lishi prognoz qilinmoqda. 

Foto: Kun.uz

Bugun kunduzgi 3 soatlik muddat oralig‘ida magnit bo‘ronlarini 4 balli kuchi bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda “O‘zgidromet” mutaxassisi Erkin Abdulahadov xabar berdi.

Magnit bo‘roni yuqori faolligi tush paytiga to‘g‘ri kelayotgani uchun, bu omil organizmga salbiy oqibatlarini yumshatish maqsadida, ovqatlanish ratsioniga baliq va ko‘kat mahsulotlarini kiritish, iste’mol qilish tavsiya etiladi.

Magnit bo‘ronlari G3 darajasi kuzatilgan davrda ko‘pchilikda bosh qismi orqa tomonida biroz og‘rish kuzatiladi. Bu paytda shu kabi insonlarga kamroq harakat qilish hamda uyda ko‘proq o‘tirish tavsiya etiladi.

Top