16:15 / 09.02.2023
6973

Xitoy «Sian-Toshkent-Sian» to‘g‘ridan to‘g‘ri havo qatnovini tiklamoqda

Foto: AP

Xitoyning Zhejang Loong Airlines Co. Ltd aviakompaniyasi «Sian – Toshkent – Sian» yo‘nalishi bo‘yicha havo qatnovlarini tiklamoqda.

COVID pandemiyasi tufayli vaqtincha to‘xtatilgan aviakompaniya reyslari 10 fevral kunidan tiklanishi kutilmoqda. Muntazam parvozlar Airbus A320 samolyotlarida haftada bir marta - juma kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, Zhejang Loong Airlines Co.Ltd aviakompaniyasining «Sian – Toshkent – Sian» yo‘nalishi bo‘yicha ilk charter reysi 2019 yil 2 sentabrda bajarilgan. 

Shuningdek, 2020 yilning 10 yanvar kuni ushbu aviakompaniya tomonidan «Chendu – Toshkent – Chendu» birinchi charter reysi yo‘lga qo‘yilgan.

Top