22:08 / 18.02.2023
23671

Yunusobodda 4 ta avtomobil to‘qnashdi. Ikki haydovchi jarohatlandi

Toshkentning Yunusobod tumani Amir Temur ko‘chasi Xotira maydoni qarshisida uchta avtomobil ishtirokida YTH ro‘y berdi.

Foto: Toshkent shahar IIBB YHXB

Shahar IIBB YHXBning ma’lum qilishicha, 18 fevral soat 19:30 da Cobalt, Spark, Gentra va Matiz ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Natijada Cobalt'da yong‘in chiqqan. FVV xodimlari yong‘inni o‘chirgan.

Hodisa oqibatida Cobalt hamda Matiz haydovchilari jarohat olgan.

Foto: Toshkent shahar IIBB YHXB
Foto: Toshkent shahar IIBB YHXB

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

“Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga amal qilishlarini so‘raymiz”, – deyiladi YHXB axborotida.

Top