Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sud mustaqilligini ta'minlash uchun Sudyalar oliy kengashi tarkibidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari chiqariladi
Foto: 123RF
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi. Bu haqda Telegramdagi “Nigoh” kanali xabar bermoqda.
Hujjatga ko‘ra:
- amaldagi sudyalarning faoliyatini adolatli baholash tizimini yaratish uchun sudya faoliyatining samaradorligi elektron reyting orqali ochiq va shaffof baholanishini ta'minlovchi aniq mezonlar yaratiladi;
- sud hokimiyati mustaqilligini ta'minlash uchun Sudyalar oliy kengashi tarkibidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari chiqarilmoqda.
Sudyalar oliy kengashiga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklatilmoqda:
- sudyalar daxlsizligi buzilganligi va ularning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga aralashilganlik holatlari bo‘yicha prokuraturaga taqdimnoma kiritish;
- Sudyalar oliy malaka hay'atining hamda hududiy malaka hay'atlarining qarorlari ustidan berilgan shikoyatlarni ko‘rib chiqish;
- sudyalar orasida korrupsiya holatlarining oldini olish va ularni barvaqt aniqlash;
- kengashning hamda sud tizimining faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta'minlash;
Sud tizimida korrupsiyaning oldini olish maqsadida:
- Sudyalar oliy kengashi raisi tomonidan odil sudlovni amalga oshirishga to‘sqinlik qilayotgan omillar va tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish holati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yil yakuni bo‘yicha axborot taqdim etib borish tartibi o‘rnatilmoqda;
- Sudyalar oliy kengashida korrupsiyaga qarshi kurashish vazifasi yuklatilgan o‘rinbosar lavozimi hamda Sudyalar daxlsizligini ta'minlash va korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha sud inspeksiyasi tashkil etilmoqda.
Avvalroq Sudyalikka nomzodlarni psixologik portreti bo‘yicha baholovchi dastur ishga tushirilgani, bu dastur nomzodlarni tanlash va tayinlashda xolislik va shaffoflikni ta'minlash maqsadida ishlab chiqilgani ma'lum qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, Sudyalar oliy kengashiga 2020 yil avgustidan buyon Xolmo‘min Yodgorov raislik qilmoqda. Bungacha ushbu lavozimda faoliyat yuritib kelgan Ubaydulla Mingboyev O‘zbekiston Sudyalar assotsiatsiyasi raisligiga o‘tkazilgan, 2021 yilning aprelida esa prezident farmoni bilan Sudyalar oliy kengashining faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiruvchi a'zosi etib tasdiqlangandi.
Mavzuga oid
08:56 / 28.05.2026
Ehtiyot choralarini bekor qilish vakolati faqat sudga o‘tkazilishi mumkin
19:43 / 18.05.2026
3 kishini piyodalar yo‘lagida urib yuborib, ochiqda qolgan ayol qo‘shmachilik ustida ushlandi
13:12 / 18.05.2026
“Drujba”da yongan Zeekr voqeasi: sud avtomobil egasi foydasiga 450 mln so‘m undirishni belgiladi
12:00 / 15.05.2026