Senatning tegişli qaroriga köra, Xolmömin Buvraboyeviç Yodgorov Özbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengaşining raisi etib tayinlandi.

ÖzA xabarida aytilişiça, şu munosabat bilan u özi egallab turgan Oliy sud raisi örinbosari lavozimidan ozod qilindi.

Eslatib ötamiz, Kengaşning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlov asosida tanlaş, eng malakali va mas'uliyatli mutaxassislar orasidan sudyalarni tayinlaş, şuningdek rahbar sudyalik lavozimlariga körsatiş uçun tavsiya beriş asosida sudyalar korpusini şakllantiriş;
  • sudyalar daxlsizligi buzilişining va ularning odil sudlovni amalga oşiriş borasidagi faoliyatiga aralaşişning oldini oliş böyiça çora-tadbirlar köriş;
  • sudyalarni kasbiy tayyorlaşni, ularning malakasini oşirişni taşkil etiş, sudyalarning faoliyati samaradorligini baholaş, şuningdek ularni rağbatlantiriş böyiça taşabbus körsatiş;
  • ommaviy axborot vositalari bilan özaro hamkorlik olib boriş, aholi bilan muloqotni yölga qöyiş, jismoniy va yuridik şaxslarning sudyalar tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilişi masalalariga doir murojaatlarini körib çiqiş;
  • sud-huquq sohasidagi qonun hujjatlarini yanada takomillaştiriş, sud hokimiyatining çinakam mustaqilligini va yagona sud amaliyotini ta'minlaş, odil sudlovga erişiş darajasini va uni amalga oşiriş sifatini yaxşilaş böyiça takliflar tayyorlaş;
  • sudyalarni intizomiy javobgarlikka tortiş töğrisidagi, şuningdek ularni jinoiy va ma'muriy javobgarlikka tortiş uçun xulosa beriş haqidagi masalani körib çiqiş.

Kengaş raisi:

  • Kengaş faoliyatiga rahbarlikni amalga oşiradi va Kengaş zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilişi uçun şaxsan javob beradi;
  • Kengaşning majlislarini çaqiradi va unda raislik qiladi;
  • Kengaş vakolatiga taalluqli masalalarni uning körib çiqişi uçun kiritadi;
  • davlat organlari, jamoat taşkilotlari va xalqaro taşkilotlar bilan munosabatlarda Kengaş nomidan iş köradi;
  • Kengaşning tegişli a'zolari lavozimiga tavsiya qilinayotgan nomzodlar böyiça Özbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimnomalar kiritadi;
  • Kengaşning ijro etuvçi devoni xodimlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi;