Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bahodir Qurbonov DXX raisi etib tayinlandi
O‘zbekiston mudofaa vaziri lavozimida ishlab kelgan general-leytenant Bahodir Qurbonov Davlat xavfsizlik xizmati raisi etib tayinlandi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.
Foto: Kun.uz
Qurbonov DXX rahbari lavozimidan chetlatilgan Abdusalom Azizovning o‘rnini egallaydi.
55 yoshli general so‘nggi besh yildan buyon O‘zbekiston Mudofaa vazirligini boshqarib kelayotgan edi. Uch kun oldin Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan, hukumatning boshqa barcha a’zolari qatori, vazir lavozimiga ma’qullangan edi.
Mudofaa vazirligida uning o‘rnini kim egallashi hozircha ma’lum emas.
Bahodir Nizamovich Qurbonov 2015-2018 yillarda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlagan, 2018 yil fevralida unga general-mayor harbiy unvoni berilib, Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimiga tayinlangan. 2019 yil fevralida esa u O‘zbekiston mudofaa vaziri sifatida ish boshlagan.
2021 yil 14 yanvarda mudofaa vaziriga general-leytenant harbiy unvoni berilgandi.
Mavzuga oid
08:15 / 02.04.2026
Geroinni svarka apparati ichiga yashirgan shaxs ushlandi
12:29 / 26.03.2026
Noqonuniy tilla savdosi: tezkor tadbirlarda yirik holatlar aniqlandi
09:00 / 26.03.2026
Amudaryoda qayiqda suzib o‘tgan narkokurer 10 kg gashish bilan ushlandi
11:59 / 25.03.2026