General-mayor Bahodir Qurbonov Özbekiston mudofaa vaziri etib tayinlandi. Bu haqda Kun.uz axborot manbasi xabar qildi.

U biroz avvalroq DXX raisi lavozimida iş boşlagan Abdusalom Azizov örnini egalladi.

Bahodir Qurbonov bundan avval, 2018 yil fevralidan Toşkent şahri, Toşkent viloyati va Sirdaryo viloyati hududini öz içiga olgan Toşkent harbiy okrugi qöşinlariga qömondonlik qilgan. 

Unga qadar, 2015 yil dekabridan poytaxt IIBB rahbari, Özbekiston içki işlar vaziri örinbosari sifatida faoliyat körsatgan.