O‘zbekiston | 18:27 / 11.04.2018
61648
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda juma «Mashinasiz kun» deb e'lon qilinishi mumkin

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Respublikasi normativ huquqiy hujjatlarning muhokamasi portalida Yo‘l harakati xavfsizligi konsepsiyasi loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.

Xususan, konsepsiya bilan juma kunini «Mashinasiz kun» sifatida e'lon qilish taklif etilmoqda. Shu kuni avtotransport vositalaridan foydalanishni kamaytirish, sog‘lom turmush tarzi (jumladan velosipedda yurish) va ekologik muhitni saqlash bo‘yicha targ‘ibotga yo‘naltirilgan tadbirlar amalga oshiriladi.

Kontseptsiya loyihasi bilan Davlat Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati yordamchilari institutini ixtiyoriy asosda joriy etish taklif qilinmoqda. Unga «ta'lim muassasalari, avtokorxonalar, mahalla fuqarolar yig‘inlarida yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish bo‘yicha targ‘ibot va tashviqot tadbirlarini o‘tkazish, shuningdek, piyodalarga YHX asoslarini tushuntirish» vazifasi yuklatiladi.

Mavzuga oid