Özbekiston Respublikasi normativ huquqiy hujjatlarning muhokamasi portalida Yöl harakati xavfsizligi konsepsiyasi loyihasi muhokama uçun joylaştirildi.
Xususan, konsepsiya bilan juma kunini «Maşinasiz kun» sifatida e'lon qiliş taklif etilmoqda. Şu kuni avtotransport vositalaridan foydalanişni kamaytiriş, soğlom turmuş tarzi (jumladan velosipedda yuriş) va ekologik muhitni saqlaş böyiça tarğibotga yönaltirilgan tadbirlar amalga oşiriladi.
Kontseptsiya loyihasi bilan Davlat Yöl harakati xavfsizligi xizmati yordamçilari institutini ixtiyoriy asosda joriy etiş taklif qilinmoqda. Unga «ta'lim muassasalari, avtokorxonalar, mahalla fuqarolar yiğinlarida yöl harakati qoidalariga rioya qiliş böyiça tarğibot va taşviqot tadbirlarini ötkaziş, şuningdek, piyodalarga YHX asoslarini tuşuntiriş» vazifasi yuklatiladi.












