Jamiyat | 14:30 / 13.12.2016
16724
2 daqiqa o‘qiladi

Namangan hokimiyati bolalarning yerto‘lalarda saqlanayotgani to‘g‘risidagi ma'lumotga raddiya berdi

Foto: Namangan.uz

Ichki ishlar vazirligining  “Postda” nashrining 2016 yil 26 noyabrdagi sonida “Bedarak yo‘qolgan bola nega uyidan ketdi?” sarlavhasi ostida maqola e'lon qilingan. Mazkur material “Namangan viloyatida 400 nafardan ortiq voyaga yetmagan bola yer to‘lalarda yashab kelayotganligi aniqlandi”, mazmunida yozilgan. Surishtiruvlar natijasida maqoladagi ma'lumotlar noto‘g‘ri ekanligi aniqlandi. Ushbu holat yuzasidan Namangan ichki ishlar boshqarmasi  “Postda” tahririyatiga raddiya bildirgan. 

Mazkur maqola O‘zbekistonning qator internet nashrlari, jumladan, Kun.uz saytida e'lon qilingan edi.

Ushbu maqolaga nisbatan Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati rahbari O‘. Boltaboyeva munosabat bildirgan. 

“Har bir farzand tarbiyasi ustuvor masala. Viloyatda yosh avlod kamoloti hamisha e'tiborda. Bugungi kunda yoshlarni ish bilan ta'minlash, ularni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish, sportga jalb etish doimiy nazoratda. Maqolada keltirilgan raqamlar bizni taajjubga soldi”, degan O‘. Boltaboyeva.

Mavzuga oid