Jamiyat | 15:10 / 15.09.2018
9340
5 daqiqa o‘qiladi

Apply Ukraine – Ukrainada ta'lim olishda ishonchli vositachi

Dunyoning globallashuvi va texnologik rivojlanish jadalligi sabab hududiy chegaralanishlar yo‘qolib bormoqda. Hozirgi kunda xorijda ta'lim olish oddiy holatga aylanib bo‘ldi, ko‘pgina yoshlar yuqori talabga ega mutaxassisliklarni egallash uchun chet elda ta'lim olishni tanlashmoqda.

Ukrainada ta'lim – bu diplomi Yevropa davlatlarida ham tan olinuvchi hamda yosh talabalar uchun ko‘pgina boshqa imkoniyatlari mavjud bo‘lgan xalqaro standartdagi sifatli oliy ta'lim olish yo‘lidir.

Ukrainadagi chet ellik talabalar orasida quyidagi fakultet va mutaxassisliklarga talab yuqori:

- tibbiyot;

- huquq;

- axborot texnologiyalari;

- muhandislik;

- iqtisodiyot va biznesni boshqarish;

- psixologiya va sotsiologiya;

- arxitektura va dizayn.

O‘zingizni qiziqtirgan mutaxassislikni tanlashda Ukrainadagi davlat universitetlarining quyidagi afzalliklarini hisobga oling:

- kirish uchun chet tilini bilish sertifikatlari talab qilinmaydi;

- kirish imtihonlari yo‘q;

- kontrakt to‘lovi yilda ikki marta, semestr boshlanishidan avval to‘lanadi;

- birinchi kursdan so‘ng ta'limni O‘zbekistondagi oliygohlarga ko‘chirish imkoniyati;

- sirtqi ta'lim shakli.


Agar siz V. Karazin nomidagi Xarkov milliy universitetini tanlasangiz kelajakda uning diplomini O‘zbekistonda nostrifikatsiya qilish kerak bo‘lmaydi. Chunki ushbu oliygoh dunyoning eng yaxshi TOP 1000 oliygohlari reytingiga kiradi.

Ukrainada ta'lim olishda «Apply Ukraine» Sizning ishonchli hamkoringiz bo‘lishini bildirib o‘tamiz. Bizning jamoa sizga xujjatlarni tayyorlash, topshirish, oliygoh ma'muriyati bilan kommunikatsiya qilish kabi rasmiyatchiliklarga yordam beradi. Bakalavr yo‘nalishlarini tanlash bo‘yicha maslahatlashish uchun bizning mutaxassislarimizga bugunoq murojaat qiling! Butun dunyo bo‘yicha 66 000 tan ortiq talaba Ukrainada ta'lim olishni tanladilar va kelajagiga ishonch bildirdilar!

Oliygohlarga kirish uchun quyidagi xujjatlar talab etiladi:

- O‘rta ma'lumot to‘g‘risidagi shaxodatnoma yoki o‘rta-maxsus kasb-xunar kolleji diplomi yoki akademik-litsey diplomi;

- Pasport (chiqish vizasi bilan birga).

* Eslatib o‘tamiz barcha hujjatlar rus yoki ukrain tiliga o‘girilgan va notarial tasdiqlangan bo‘lishi kerak.

Foto: Apply Ukraine

Birinchi bosqichda telegramdagi @applyukraine_uz_admin orqali bizning menejyerimiz bilan bog‘laning va yuqoridagi hujjatlarning skanerlangan nusxasini jo‘nating. Shundan so‘ng tanlagan oliygohingizda abituriyent sifatida ro‘yxatga olinganligingizni tasdiqlovchi taklif xatini 7 ish kuni davomida sizga jo‘natamiz.

Bizning xizmatlarimiz narxi bo‘lajak birinchi kurs talabasining to‘liq o‘qish davri uchun bo‘ladigan barcha xizmatlarimizni o‘z ichiga oladi. Ukrainada ta'lim uchun biz bilan hamkorlik qilishingiz sizni turli xil yashirin xarajatlar va to‘lovlardan himoyalaydi, biz ochiq oydin ishlaymiz, talabalarimizni kutilayotgan xarajatlar haqida avvaldan boxabar etamiz. Ukrainaga keliboq xarajatlar borasida qandaydir syurprizlar bilan to‘qnash kelmaysiz. Xizmatlar uchun oldindan to‘lov qabul qilmaymiz, to‘lovlar Ukrainaga kelganingizdan so‘ng, xizmatlar amalga oshirilgandan so‘ng to‘lanadi.

Foto: Apply Ukraine

Xizmat narxlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

- Aeroportda kutib olish;

- Manzilga eltish;

- Talabalar yotoqxonasiga joylashgunga qadar vaqtinchalik yashash joyini band qilish (arenda to‘lovi abituriyent tarafidan to‘lanadi);

- Hujjatlarni tayyorlash;

- Tarjimalar;

- Oliygohga qabul qilinish;

- Tibbiy ko‘rik;

- Butun o‘quv davri uchun tibbiy sug‘urta;

- Butun o‘quv davri uchun yashash joyida ro‘yxatga olish;

- Hujjatlarni nostrifikatsiya qilish.

To‘lov-kontrakt pullarini esa ota-onalar O‘zbekistondan turib bank orqali oliygoh hisob-raqamiga pul ko‘chirish yo‘li bilan to‘lashlari mumkin.

Bizning jamoa Ukrainada o‘qish va yashash davrida doimo siz bilan aloqada qoladi, sizlarni xorijda ta'lim olish bo‘yicha qo‘llab-quvvatlashga doimo tayyormiz!

Bizning saytimiz: www.applyukraine.com

Qabul va ma'lumot uchun: +380 (94) 711 70 96 (@applyukraine_uz_admin)

Telegram kanalimiz: t.me/apply_ukraine_uz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid