O‘zbekiston | 13:35 / 25.09.2024
9012
1 daqiqa o‘qiladi

Shayxontohur tumaniga yangi hokim tayinlandi

Tumanning oldingi rahbari ham Markaziy bank raisi o‘rinbosarligidan tushgandi.

Foto: Kun.uz

Bobur Yo‘ldoshovich Abubakirov Toshkent shahri Shayxontohur tumani hokimi etib tayinlandi.

Bobur Abubakirov 1983 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan.

Ma’lumoti oliy, 2004 yilda Toshkent davlat sharqshunoslik institutini Xalqaro iqtisodiy munosabatlar, 2015 yilda Yaponiya xalqaro universitetini Xalqaro iqtisod yo‘nalishlarida tamomlagan.

Muqaddam Valutani tartibga solish va to‘lov balansi departamenti direktori lavozimida ishlagan. 2019 yildan shu kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Eslatib o‘tamiz, Shayxontohur tumaniga 2022 yil sentabridan buyon hokimlik qilib kelgan Botir Zohidov joriy yil 23 sentabrida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi rahbarligiga o‘tkazilgandi. E’tiborli jihati, Zohidov ham o‘z vaqtida Shayxontohur tumani hokimligiga Markaziy bank raisi o‘rinbosarligidan tushgandi.

Mavzuga oid