Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vazirlik: metan quyish shoxobchalari 6 soat davomida ochiq bo‘ladi
Energetika vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra, bugun – 22 dekabr kuni soat 10:00 dan 16:00 ga qadar respublika bo‘yicha barcha metan quyish shoxobchalari odatdagi rejimda faoliyat yuritadi.
Foto: Kun.uz
Energetika vazirligi xabarida qayd etilishicha, 22 dekabr kuni soat 10:00–16:00 oralig‘ida O‘zbekiston bo‘yicha barcha “metan zapravka”lar shtat rejimida ishlaydi.
Vazirlik mazkur vaqt oralig‘ida haydovchilarga metan quyish xizmati odatdagi tartibda ko‘rsatilishini bildirgan.
So‘nggi haftalarda ayrim hududlarda metan quyish kompressor shoxobchalari faoliyati vaqtinchalik grafik asosida tashkil etilayotgani haqida xabarlar berilgan.
Xususan, avvalroq Kun.uz xabarida “Hududgazta’minot” filiallari ma’lumotlariga tayanilgan holda hududlar kesimida ish vaqtlari turlicha belgilangani va cheklovlar hokimliklar bilan kelishilgan qaror asosida kiritilgani keltirilgan.
Bunday choralar sovuq kunlarda aholi va ijtimoiy infratuzilmani gaz bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida vaqtincha joriy etilgan. Shuningdek, 11 dekabr kuni Energetika vazirligi shoxobchalar ish faoliyati cheklanishi haqida ma’lum qilib, bu qaror qo‘shni davlat gaz tizimidagi nosozliklar ortidan import hajmi qisqargani bilan izohlangani aytilgan.
“Hududgazta’minot” gaz quvurlarida bosimni me’yorga keltirish bo‘yicha ishlar olib borayotgani, cheklovlar vaqtincha ekani bildirilgan.
Mavzuga oid
20:14 / 25.12.2025
Dekabr oyi boshidan beri propan 10 foizga qimmatlashdi
10:03 / 25.12.2025
Toshkentda avtobuslarga gaz quyish shoxobchalari 33 tadan 11 tagacha qisqartirildi
07:35 / 25.12.2025
Strategik metallar zanjiri: 2030 yilda nazorat kimning qo‘lida bo‘ladi?
23:18 / 22.12.2025