O‘zbekiston | 23:56 / 23.07.2020
32237
2 daqiqa o‘qiladi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi malakali kadrlarni ishga taklif qilmoqda

Foto: KUN.UZ

Agentlik xodimlarining mansab maoshi egallagan lavozimidan kelib chiqib, o‘rtacha 10 mln so‘mni tashkil etadi. Bundan tashqari, mukofotlar, qo‘shimcha to‘lovlar va ustamalar qo‘llaniladi.

Yaqinda tashkil etilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi malakali kadrlarni ishga taklif qilmoqda.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlardan http://anticorruption.uz/konkurs/  veb-sayti orqali onlayn ariza to‘ldirishlari va hujjatlarni elektron yuborishlari so‘raladi.

Shuningdek, ushbu saytda tanlov o‘tkazish tartibi, muddati, vakansiyalar, nomzodlarga qo‘yiladigan talablar, hujjat shakllari va boshqa qo‘shimcha ma'lumotlar joylashtirilgan.

Saralash jarayoni quyidagi bosqichlarda o‘tkaziladi:

1. Hujjatlar qabuli;

2. Arizalar va hujjatlarni ko‘rib chiqish va baholash;

3. Test sinovlarini o‘tkazish;

4. Psixologik test va psixofiziologik ko‘rikdan o‘tkazish (alohida hollarda poligrafologik o‘rganish ham o‘tkazilishi mumkin);

5. Individual suhbat.

Agentlik xodimlarining mansab maoshi egallagan lavozimidan kelib chiqib, o‘rtacha 10 mln so‘mni tashkil etadi. Bundan tashqari, mukofotlar, qo‘shimcha to‘lovlar va ustamalar qo‘llaniladi.

Hujjatlar 2020 yil 3 avgustga qadar qabul qilinadi.

Murojaat uchun: t.me/antikoruz_bot

Eslatib o‘tamiz, shu yilning iyunida O‘zbekistonda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi.

Agentlik korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi. Uning asosiy vazifasi mamlakatda korrupsiya holatini tizimli tahlil qilishdir.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid