Özbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi taşkil etilmoqda.

Agentlik Özbekiston prezidentiga böysunadi va Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari oldida hisobdor böladi.

Agentlikning asosiy vazifalaridan biri korrupsiya yuqori bölgan sohalarni çuqur tahlil qiliş hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilişining sabab va şart-şaroitlarini bartaraf etiş hisoblanadi.

Budjet mablağlaridan foydalaniş, davlat aktivlarini realizatsiya qiliş va davlat xaridlari sohasida korrupsiyaga qarşi nazorat qiliş masalalari ham Agentlikning vakolatlar doirasiga kiradi.

Bundan taşqari, Agentlikka davlat xizmatçilarining daromad va mol-mulkini deklaratsiya qiliş tizimi joriy etilişi hamda deklaratsiyadagi ma’lumotlarning haqqoniyligi tekşirilişini taşkil etiş vazifasi yuklanadi.

Agentlikka xalqaro standartlarga muvofiq korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça boşqa bir qator vazifa va funksiyalar yuklanadi hamda ularni amalga oşirişda yuqori natijadorlikka erişi maqsadida Agentlik ta’sirçan vakolatlarga ega böladi.

Agentlik har yili ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilinişi lozim bölgan Korrupsiyaga qarşi kuraşiş töğrisida milliy ma’ruzani şakllantiradi hamda uni Özbekiston prezidenti va Oliy Majlis palatalariga kiritadi.

Korrupsiyaga qarşi kuraşişda parlament va jamoatçilik nazoratini kuçaytiriş maqsadida Parlament boşçiligida faoliyat yuritadigan Özbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarşi kuraşiş milliy kengaşi taşkil etilmoqda.