“Osoyishtalikni buzishga urinayotgan har qanday shaxslarga qonun doirasida qat’iy choralar ko‘riladi” - prezident
“Yangi O‘zbekiston, Yangi Qoraqalpog‘istonni albatta birgalikda quramiz! Shu sohadagi barcha islohotlarimiz, muhokamalarimiz, hech shubhasiz, demokratiya va huquqiy mezonlar asosida amalga oshirilishi zarur”, dedi Shavkat Mirziyoyev Jo‘qorg‘i Kengesdagi chiqishida.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Nukusdagi nutqida ayrim shaxslar shahar markaziga aholini yig‘ib, tartibsizlik keltirib chiqarishga uringaniga munosabat bildirdi va fuqarolarni birdamlikka, turli g‘arazli chaqiriqlarga berilmaslikka da’vat qildi.
“Yangi O‘zbekiston, Yangi Qoraqalpog‘istonni albatta birgalikda quramiz! Shu sohadagi barcha islohotlarimiz, muhokamalarimiz, hech shubhasiz, demokratiya va huquqiy mezonlar asosida amalga oshirilishi zarur.
Ayni vaqtda tinchlik va osoyishtalik, jamoat xavfsizligini buzishga urinayotgan har qanday shaxslarga nisbatan qonun doirasida qat’iy choralar ko‘riladi.
O‘zbekistonda “Qonun – ustuvor, jinoyatga jazo muqarrar” degan qoidani amalda ta’minlash uchun barcha kuch va imkoniyatlar yetarli.
Hozirgi vaziyatda barcha yurtdoshlarimizni hamjihatlik va birdamlikka, oqilona ish ko‘rishga, turli g‘arazli chaqiriq va harakatlarga berilmaslikka da’vat etaman.
Men oliyjanob va bag‘rikeng qoraqalpoq xalqining aql-idroki va donishmandligiga ishonaman”, dedi prezident.
Mavzuga oid
16:37
Shavkat Mirziyoyev: Tadbirkor - iqtisodiyot poydevori, davlat tayanchi
15:15
Shavkat Mirziyoyev Yangihayotda barpo etilayotgan “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasida bo‘ldi
13:42
Shavkat Mirziyoyev “Yashil makon” loyihasi doirasida barpo etilayotgan yangi bog‘ga ko‘chat ekdi
22:12 / 22.11.2024