Prezident Şavkat Mirziyoyev Nukusdagi nutqida ayrim şaxslar şahar markaziga aholini yiğib, tartibsizlik keltirib çiqarişga uringaniga munosabat bildirdi va fuqarolarni birdamlikka, turli ğarazli çaqiriqlarga berilmaslikka da’vat qildi.

“Yangi Özbekiston, Yangi Qoraqalpoğistonni albatta birgalikda quramiz! Şu sohadagi barça islohotlarimiz, muhokamalarimiz, heç şubhasiz, demokratiya va huquqiy mezonlar asosida amalga oşirilişi zarur.

Ayni vaqtda tinçlik va osoyiştalik, jamoat xavfsizligini buzişga urinayotgan har qanday şaxslarga nisbatan qonun doirasida qat’iy çoralar köriladi.

Özbekistonda “Qonun – ustuvor, jinoyatga jazo muqarrar” degan qoidani amalda ta’minlaş uçun barça kuç va imkoniyatlar yetarli.

Hozirgi vaziyatda barça yurtdoşlarimizni hamjihatlik va birdamlikka, oqilona iş körişga, turli ğarazli çaqiriq va harakatlarga berilmaslikka da’vat etaman.

Men oliyjanob va bağrikeng qoraqalpoq xalqining aql-idroki va donişmandligiga işonaman”, dedi prezident.