O‘zbekiston | 12:16 / 27.07.2021
5757
1 daqiqa o‘qiladi

Akademik litseylarga kirish imtihonlari sanasi aniq bo‘ldi 

Akademik litseylarga kirish imtihonlari sanasi aniq bo‘ldi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi ma'lumot berdi.

Qayd etilishicha, akademik litseylarga kirish imtihonlari joriy yilning 26-28 avgust kunlari Davlat test markazi tomonidan maxsus pavilonlarda o‘tkaziladi.

Bildirilishicha, kirish imtihonlari zaruriyatga ko‘ra ikki smenada o‘tkazilishi mumkin.

Respublikada koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, mazkur kirish imtihonlari bilan bog‘liq o‘zgarishlar bo‘lganda, vazirlikning rasmiy veb-sayti hamda rasmiy telegram kanali orqali qo‘shimcha ma'lumot e'lon qilinishi aytilgan.

Avvalroq, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sababli akademik litseylarga kirish imtihonlari avgust oyidan sentyabr oyiga ko‘chirilgandi.

Mavzuga oid