Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan ommaviy tadbirlar ötkazilişi töxtatilgani bois akademik litseylarga dastlabki saralaş va asosiy imtihonlarni ötkaziş vaqti köçirildi.

Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligidan ma'lum qilişlariça, epidemiologik vaziyatdan kelib çiqqan holda akademik litseylarga saralaş imtihonlarining ötkazilişi joriy yil sentabr oyining birinçi yarmida rejalaştirilmoqda. Imtihonlarning aniq sanasi keyinroq e'lon qilinadi.

Ayni paytda, oliy ta'lim muassasalariga kiriş imtihonlari ham ötgan yilda bölgani kabi bu yil ham sentyabr oyida ötkazilişi haqida tarmoqda tarqalgan xabarlarni Davlat test markazi rad etdi.

“Bu böyiça şuni ma'lum qilamizki, oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat ta'lim yönalişlariga kiriş test sinovlarini ötkaziş muddatlari sentabr oyiga surilgani yöq va imtihonlarni amaldagi qonunçilik hujjatlariga köra avgust oyida ötkaziş rejalaştirilgan”, – deyiladi DTM axborotida.