Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kartadan kartaga katta miqdorda pul o‘tkazishda qo‘shimcha himoya choralari kiritiladi
O‘zbekistonda jismoniy shaxslar o‘rtasida katta miqdordagi pul o‘tkazmalarini qo‘shimcha biometrik va boshqa himoya choralarini qo‘llagan holda nazorat qilish mexanizmlari joriy etiladi. Ketma-ket uch yoki undan ortiq pul o‘tkazmalari nazorati avtomatlashtiriladi. Tegishli qonun parlamentda birinchi o‘qishdan o‘tdi.
Foto: Getty Images
Qonunchilik palatasi 29 aprel kungi majlisida to‘lov tizimi operatorlari va to‘lov tashkilotlari faoliyatiga oid qonun loyihasini birinchi o‘qishda konseptual jihatdan qabul qildi.
Loyihaga ko‘ra, antifrod chorasi sifatida ketma-ket uch yoki undan ortiq pul o‘tkazmalari nazorati avtomatlashtiriladi; bank kartalaridan foydalanishni hamda jismoniy shaxslar o‘rtasida katta miqdordagi pul o‘tkazmalarini qo‘shimcha biometrik va boshqa himoya choralarini qo‘llagan holda nazorat qilish mexanizmlari joriy etiladi.
“Katta miqdordagi o‘tkazmalar” deganda qancha miqdor haqida gap ketayotgani ma’lum emas.
Qonun loyihasida, shuningdek, banklarga to‘lov tizimi operatori sifatida faoliyatini boshlash uchun litsenziya olish talabini bekor qilib, xabardor etish tartibiga o‘tish ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, muhim to‘lov tashkilotlari tushunchasi qonunchilikka kiritiladi. Bu toifadagi tashkilotlar tomonidan uzluksiz xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash maqsadida ularning to‘lov tizimi ishtirokchisi bo‘lishi uchun huquqiy asos yaratilmoqda.
Avvalroq bir shaxs nomiga rasmiylashtiriladigan plastik kartalar soni cheklangan edi.
Mavzuga oid
14:03 / 08.04.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 8,1 mlrd dollarga kamaydi
18:10 / 28.03.2026
Fuqarolarga o‘z nomiga kredit rasmiylashtirilgani haqida xabar beruvchi xizmat yo‘lga qo‘yildi
16:44 / 28.03.2026
Markaziy bank hisobvaraqlar o‘rtasida A2A o‘tkazmalarni ishga tushirdi
16:34 / 28.03.2026