Markaziy bank tomonidan “banklar tomonidan bitta jismoniy şaxsga (bitta JŞŞIRga) kartalar sonini bitta bankda 5 tagaça, barça banklarda 20 tagaça emissiya qiliş mumkinligi” böyiça vaqtinçalik tartib işlab çiqilgan. Bu haqda bank sohasiga oid “Mijozlar uçun!” blogi ma’lum qildi.
Qayd etilişiça, yangi tartib “xizmat doirasida foydalaniş uçun” grifi ostida tijorat banklariga ijro uçun jönatilgan.
Kartalar soniga çeklov virtual va kobeydjing kartalariga ham taalluqli bölib, çet el valutasida oçilgan bank kartalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Tartibning amal qiliş muddati 2025 yilning 1 yanvaridan 31 dekabriga qadar etib belgilangan.
Şuningdek, banklarga jismoniy şaxsning bank kartalarida (jumladan virtual kartasida) 12 oy davomida heç qanday amaliyot bajarilmagan bölsa, uşbu kartalar bloklanişi va karta egasiga xabar berilişi vazifasi ham yuklatilgan.
Avvalroq, Markaziy bank raisi örinbosari Behzod Hamrayev ayrim mijozlar nomiga yuzlab plastik kartalar oçilgani, bunday kartalardan firibgarlar pul mablağlarini özlaştiriş sxemalarida foydalanayotgani haqida aytgandi.













