Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahar transport bosh boshqarmasi tashkil etiladi
Prezidentning “Toshkent shahar transporti sohasida boshqaruv tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Transport vazirligi Toshkent shahar transport boshqarmasi negizida Toshkent shahar transport bosh boshqarmasi tashkil etiladi.
Belgilab qo‘yilishicha:
- Boshqarma jamoat transporti jozibadorligini oshirish, tartibga solish va rivojlantirishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish, tashkil etish, boshqarish, takomillashtirish va amaliyotga joriy etilishini;
- ilg‘or xorijiy davlatlar tajribalarini o‘rgangan holda, zamonaviy va yangicha yondashuv asosida jamoat transportini rivojlantirish, shu jumladan tezyurar avtobus yo‘nalishlari (BRT) tashkil etish loyihalarini amalga oshirishni;
- metropolitenni jamoat transportining asosiy transport turiga aylantirish bo‘yicha rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqib, yo‘lga qo‘yishni;
- transport va yo‘l-transport infratuzilmasi, shuningdek avtomobil to‘xtash joylarini rivojlantirish sohasida shahar dasturlarini ishlab chiqish hamda mazkur mexanizmlarni amalda joriy etishni;
- davlat-xususiy sheriklik doirasida shaharda avtomobil yo‘llari va ko‘chalar bo‘ylab pullik avtomobil to‘xtash joylari tarmog‘i tashkil etish loyihalarida davlat sherigi sifatida qatnashishni;
- Toshkent shahar yo‘lovchi tashish transportida zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimlari joriy etishni takomillashtirishni;
- Toshkent shahri jamoat transportida tariflarni shakllantirib, kelishish uchun o‘rnatilgan tartibda manfaatdor vazirlik va idoralarga kiritishni;
- shahar yo‘lovchi transporti faoliyat yuritishining ishonchliligi, xavfsizligi va qulayligini oshirishni;
- Toshkent shahridagi, tashkiliy-huquqiy shakli va idoraviy bo‘ysunuvidan qat'i nazar, barcha tashkilotlar tomonidan shahar jamoat transporti harakatiga ta'sir etadigan yo‘l-transport infratuzilmasi va yo‘l obektlarini qurish, ularni ta'mirlash loyihalarining muhokamasida ishtirok etishni ta'minlaydi.
Transport vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining “Toshshahartransxizmat” AJni Boshqarma ishonchli boshqaruviga o‘tkazish haqidagi taklifi ma'qullanadi.
Mavzuga oid
20:18 / 15.01.2026
Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda jamoat transporti harakati sxemasi o‘zgartiriladi
12:08 / 14.01.2026
102 ga qo‘ng‘iroq qilib, “Trampga chora ko‘rishni” so‘ragan fuqaro ma’muriy jazoga tortildi
15:29 / 13.01.2026
Qoraqalpog‘iston va Toshkentda qalbaki dollar o‘tkazmoqchi bo‘lganlar ushlandi
23:15 / 11.01.2026