Prezident aholi fikri asosida qilinadigan loyihalarni ko‘paytirishga topshiriq berdi
“Tashabbusli budjet” loyihalariga ikkinchi yarim yillikda yana 1 trillion so‘m yo‘naltiriladi. “Bizning tajribamizda bu birinchi marta va juda katta ijobiy natija beryapti. Odamlar shu jarayonlarda bevosita o‘zlari ishtirok etyapti”, – dedi Shavkat Mirziyoyev. Prezident aholi fikri asosidagi loyihalar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 4 avgust kuni davlat xizmatini isloh qilish mavzusidagi yig‘ilishda “Tashabbusli budjet” loyihasi haqida ham to‘xtalib o‘tdi.
“Mahallada bog‘cha, maktab, yo‘l qurish va suv, elektr tarmoqlarini tortib kelish ishlariga aholi faol ishtirok etadigan tizimlar yaratildi.
“Ochiq budjet” doirasida o‘tgan 6 oyda aholi talabiga mos 2 mingdan ziyod loyihalar boshlandi, mablag‘lar tejalib, manzilli sarflandi.
Mahallalarda 953 ta maktab va bog‘cha, 447 km ichki yo‘llar, 27 ta quduq, 60 km ichimlik suvi va kanalizatsiya tarmoqlari uchun 4,5 mln aholi ovoz berdi va 1,1 trln so‘m yo‘naltirildi.
Bizning tajribamizda bu ham birinchi marta va juda katta ijobiy natija beryapti. Odamlar shu jarayonlarda bevosita o‘zlari ishtirok etyapti. Bunday loyihalar uchun yana 1 trln so‘m berishga mo‘ljal qilganmiz. Eng muhimi, odamlar bunday loyihalarga daxldor bo‘lib, bunyod qilingan infratuzilmadan faxrlanib, ularni asrab-avaylab foydalanyapti”, – dedi davlat rahbari.
Prezident mutasaddilarga aholi fikri asosida qilinadigan loyihalar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha topshiriq berdi.
Mavzuga oid
22:12 / 22.11.2024
Shavkat Mirziyoyev Suma Chakrabarti bilan uchrashdi
21:33 / 22.11.2024
Xitoy Surxondaryodagi mis va kumush konlariga 2,7 milliard dollar investitsiya taklif qilmoqda
20:29 / 22.11.2024
Xorazmga 2025 yilda 1,5 milliard dollar investitsiya jalb etish rejalashtirildi
20:24 / 22.11.2024