Prezident Şavkat Mirziyoyev 4 avgust kuni davlat xizmatini isloh qiliş mavzusidagi yiğilişda “Taşabbusli budjet” loyihasi haqida ham töxtalib ötdi.
“Mahallada boğça, maktab, yöl quriş va suv, elektr tarmoqlarini tortib keliş işlariga aholi faol iştirok etadigan tizimlar yaratildi.
“Oçiq budjet” doirasida ötgan 6 oyda aholi talabiga mos 2 mingdan ziyod loyihalar boşlandi, mablağlar tejalib, manzilli sarflandi.
Mahallalarda 953 ta maktab va boğça, 447 km içki yöllar, 27 ta quduq, 60 km içimlik suvi va kanalizatsiya tarmoqlari uçun 4,5 mln aholi ovoz berdi va 1,1 trln söm yönaltirildi.
Bizning tajribamizda bu ham birinçi marta va juda katta ijobiy natija beryapti. Odamlar şu jarayonlarda bevosita özlari iştirok etyapti. Bunday loyihalar uçun yana 1 trln söm berişga möljal qilganmiz. Eng muhimi, odamlar bunday loyihalarga daxldor bölib, bunyod qilingan infratuzilmadan faxrlanib, ularni asrab-avaylab foydalanyapti”, – dedi davlat rahbari.
Prezident mutasaddilarga aholi fikri asosida qilinadigan loyihalar kölamini kengaytiriş böyiça topşiriq berdi.

















