Mehnati samarali deb topilgan tibbiyot xodimlariga ustama to‘lanadi
Bundan tashqari, shifokor qabuliga navbatni to‘liq elektron shaklga o‘tkazish, tibbiy sug‘urta joriy etilayotgan hududlarda elektron retseptlarga o‘tish, birlamchi bo‘g‘indagi stomatologiya xizmatini autsorsing asosida xususiy sektorga berish ko‘zda tutilmoqda.

Ochiq manbalardan olingan surat
O‘zbekistonda tibbiyot xodimlari mehnat samaradorligini baholash ko‘rsatkichlarini ishlab chiqib, samaradorlikka erishgan xodimlarga ustama to‘lash rejalashtirilmoqda. Bu – 2025 yilgi davlat dasturi loyihasida belgilangan.
Bu haqda avvalroq bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov ma’lum qilgandi. U malakali o‘qituvchilarga yuqori maosh to‘lash tizimi yaratilgani, shunday tizim tibbiyotda ham joriy etilishi, lekin hukumatda hali aniq yechimlar yo‘qligini aytgandi. “Asosiy masala – kimga va nima uchun yuqori oylik to‘lash”, degandi Qo‘chqorov.
Dekabr oyida davlat rahbari huzuridagi yig‘ilishda 2025 yilda tibbiyot xodimlarining oylik lavozim maoshi oshirilishi ham ma’lum qilingandi. Bu muhokamaga qo‘yilgan davlat dasturi loyihasida aks etmagan.
Loyihada tibbiyot sohasi haqida yana nimalar deyilgan?
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ham ko‘zda tutilmoqda. Buni bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha hujjat loyihasi ishlab chiqiladi.
Joriy yilda shifokor qabuliga navbatni to‘liq elektron shaklga o‘tkazish, birlamchi bo‘g‘indagi stomatologiya xizmatini autsorsing asosida xususiy sektorga berish reja qilingan.
2025 yil 1 noyabrga qadar tibbiy sug‘urta mexanizmlari joriy qilinayotgan hududlarda retsept asosida beriladigan dori vositalarini elektron retsept tizimi asosida tayinlash amaliyoti yo‘lga qo‘yilishi mumkin.
Viloyat darajasidagi ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalari boshqaruv, moliya va tashkiliy jihatdan zamonaviy ko‘p tarmoqli klinikalar shaklida qayta tashkil etiladi.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
CNN: Putin Ukrainada «qisqa muddatli maqsadlar»ga e’tibor qaratishni boshladi
Jahon | 12:59
-
Misrda o‘zbekistonlik talabalar uyushmasi tashkil etilishi mumkin
O‘zbekiston | 12:58
-
WP: Zelenskiy va Trampning kelishuvi Rossiya elitasini cho‘chitib yubordi
Jahon | 12:13
-
O‘zbekiston bo‘ylab 58 ta yangi inklyuziv maktab quriladi
O‘zbekiston | 12:12
Mavzuga oid

12:14 / 30.04.2025
Aholi sog‘lig‘ini saqlash kodeksi qabul qilinadi

10:56 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi

21:45 / 16.04.2025
Germaniyada shifokor 15 nafar bemorni o‘ldirganlikda gumonlanmoqda

17:29 / 14.04.2025