Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash bozori qariyb 20 trln so‘mni tashkil etdi
2025 yilda mamlakatda sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar hajmi 19,9 trln so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 14,2 foizga oshgan.
Milliy statistika qo‘mitasi e’lon qilgan dastlabki ma’lumotlarga muvofiq, 2025 yilda O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar hajmi 19,9 trln so‘mga teng bo‘ldi. Qayd etilishicha, mazkur ko‘rsatkich 2024 yilning mos davri bilan solishtirganda 14,2 foizga o‘sgan.
Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelib, 9,1 trln so‘mni tashkil etdi. Keyingi o‘rinlarda Toshkent viloyati (2 trln so‘m), Samarqand viloyati (1,5 trln so‘m), Farg‘ona viloyati (1,3 trln so‘m) va Namangan viloyati (900,9 mlrd so‘m) qayd etildi.
Shuningdek, xizmatlar hajmi Andijon viloyatida 884,8 mlrd so‘m, Buxoro viloyatida 784,6 mlrd so‘m, Qashqadaryo viloyatida 745,3 mlrd so‘m, Xorazm viloyatida 678,7 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Qolgan hududlar kesimida: Surxondaryo viloyati — 511,8 mlrd so‘m, Jizzax viloyati — 481,7 mlrd so‘m, Sirdaryo viloyati — 359,9 mlrd so‘m, Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 351,3 mlrd so‘m, Navoiy viloyati — 327,6 mlrd so‘m.
Mavzuga oid
11:55
O‘zbekistonliklar yanvarda eng ko‘p qaysi davlatlarga safar qildi?
10:39
Xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar: hududlar reytingi e’lon qilindi
12:36 / 19.02.2026
Yangi korxonalar soni bo‘yicha Toshkent shahri yetakchi bo‘ldi
11:53 / 19.02.2026