Özbekiston soğliqni saqlaş muassasalarida tuğilganlik haqidagi tibbiy ma’lumotnoma, perinatal ölim va ölim haqidagi tibbiy guvohnomalarni beriş tartibi töğrisidagi yöriqnomaga özgartiş va qöşimçalar kiritiş loyihasi tayyorlandi.

Loyihaga köra, tuğilganlik haqidagi elektron tibbiy ma’lumotnoma, perinatal ölim va ölim haqidagi elektron tibbiy ma’lumotnomalar maxsus elektron blank orqali şakllantirilib, “Tuğiliş va ölimni, şu jumladan perinatal ölimni elektron röyxatga oliş” avtomatlaştirilgan axborot tizimi orqali avtomatik ravişda FHDYo organlariga yuborilişi belgilanmoqda.

Şu bilan birga, elektron şaklda töldiriş imkoniyati bölmagan hollarda tibbiy ma’lumotnoma va guvohnomalar şarikli ruçkada aniq va tuşunarli tarzda, yanglişsiz töldirilişi, undagi söz va raqamlarni böyaş, öçiriş yoki tuzatişga yöl qöyilmasligi qayd etilmoqda.

Loyihada yöriqnomaning ayrim normalarini qayta tahrirda bayon etiş ham nazarda tutilgan. Xususan, tuğilganlik haqidagi tibbiy ma’lumotnoma tuğruq sodir bölgan tibbiy muassasa tomonidan tirik tuğilgan gödaklarga berilişi, bunda homiladorlik muddati 22 hafta va undan ortiq, böy 25 sm va undan ortiq, vazn 500 gramm va undan ortiq bölişi hamda tirik tuğiliş mezonlaridan (nafas, yurak urişi, kindik pulsatsiyasi yoki muskullarning beixtiyoriy qisqarişi) kamida biri mavjud bölişi şartligi aniqlaştirilmoqda.

Qöşimça ravişda, tirik tuğiliş mezonlari bilan tuğilib, biroq homiladorlik muddati 22 haftadan kam yoki böyi 25 smdan past yoki vazni 500 grammdan kam bölgan hollarda ham, agar çaqaloq tuğruqdan keyin 168 soat (7 kun) yaşasa, u tirik tuğilgan deb hisoblanişi va unga tuğilganlik haqidagi tibbiy ma’lumotnoma berilişi taklif qilinmoqda.

Perinatal ölim haqidagi tibbiy guvohnomani beriş tartibi ham qayta bayon etilib, u gödak ölik tuğilganda yoki tirik tuğilgan gödak hayotining birinçi haftasida vafot etganda tibbiy muassasa yoki sud-tibbiy ekspertiza byurosi tomonidan töldirilişi belgilanmoqda. Şuningdek, homiladorlik muddati 22 hafta va undan ortiq, böyi 25 sm va undan ortiq, vazni 500 gramm va undan ortiq bölgan, biroq tirik tuğiliş mezonlari mavjud bölmagan holatda gödak ölik tuğilgan hisoblanişi körsatilmoqda.

Loyihada, şuningdek, yöriqnomaning 6-bandini çiqarib taşlaş taklif etilgan.