Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorijiy diniy ta'lim muassasalarida ta'lim olish uchun tavsiya etiladigan ta'lim muassasalari ro‘yxati tasdiqlanadi
Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy diniy ta'lim muassasalarida ta'lim olish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqasi qo‘mitasining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita huzurida jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy diniy ta'lim muassasalarida ta'lim olishiga ko‘maklashish bo‘yicha maslahat kengashini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma'qullandi.
Quyidagilar Maslahat kengashining asosiy vazifalari etib belgilandi:
fuqarolarning xorijiy diniy ta'lim muassasalarida ta'lim olishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish;
fuqarolarning xorijiy diniy ta'lim muassasalariga hujjatlar topshirishi, ta'lim olishi va ta'lim muassasalarini tugatganidan keyin ish bilan ta'minlanishi yuzasidan ularga tavsiyalar berish;
fuqarolarning xorijiy diniy ta'lim muassasalariga hujjatlar topshirishi, ta'lim olishi va ta'lim muassasalarini tugatganidan keyin ish bilan ta'minlanishi yuzasidan ularning murojaatlarini ko‘rib chiqish;
fuqarolarning xorijiy diniy ta'lim muassasalarida ta'lim olishi uchun tavsiya etiladigan ta'lim muassasalarining har yillik ro‘yxatini shakllantirishda ishtirok etish;
O‘zbekiston musulmonlari idorasi va uning joylardagi vakilliklari bilan hamkorlikda fuqarolarga xorijiy diniy ta'lim muassasalarida ta'lim olish bo‘yicha ma'lumotlar berish;
fuqarolarga ularning xorijiy diniy ta'lim muassasalarida ta'lim olishiga amaliy yordam ko‘rsatishda ishtirok etish.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va Tashqi ishlar vazirligining fuqarolarining xorijiy diniy ta'lim muassasalarida ta'lim olishi uchun tavsiya etiladigan ta'lim muassasalari ro‘yxatini har yili 1 yanvargacha Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlash tartibini joriy etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq xorijiy diniy ta'lim muassasalarida ta'lim olayotgan fuqarolar to‘g‘risidagi ma'lumotlar bazasi shakllantirilishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
18:01 / 06.09.2025
Vazirliklarga «yuqoridan» ko‘rsatma kutmasdan qaror qabul qilishga ruxsat beriladi
20:22 / 07.08.2025
Ta’lim tashkilotlarini davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibi belgilandi
07:02 / 04.08.2025
Hukumat qarori bilan «Sea Breeze Uzbekistan» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari tasdiqlandi
13:44 / 07.06.2025