«U Kremlga o‘zini o‘zi taklif qilgan»: Raisiyning Moskvaga kutilmagan tashrifi haqida nimalar deyishmoqda?
7 dekabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kremlda Eron prezidenti Ibrohimo Raisiy bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv besh soatga yaqin davom etgan – tomonlar G‘azo sektoridagi vaziyat va iqtisodiy hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishgan.
Bundan bir kun oldin Rossiya prezidenti BAA va Saudiya Arabistoni yetakchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazgandi.
Erondagi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Rossiya prezidenti Raisiyning Moskvaga kelishidan xabardor bo‘lganiga shubha qilib, eronliklar yetakchisi Kremlga «o‘zini o‘zi taklif qilgan» bo‘lishi mumkinligini qo‘shimcha qilishgan.
BBC rus xizmati Raisiy Putin bilan nimalarni gaplashgani va uning Moskvaga tashrifi Eronning o‘zida qanday qabul qilingani haqida yozdi.
Putin va Raisiy nimalarni gaplashdi?
Vladimir Putin va Ibrohim Raisiy Yaqin Sharqdagi vaziyatni muhokama etishgan. Eron yetakchisi G‘azo sektorida bo‘layotgan hodisalarni falastinliklarning g‘arb qo‘llab-quvvatlovida «genotsid» qilinishi deb atagan.
Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon tvitterdagi sahifasida yozishicha, «tomonlar G‘azo va G‘arbiy sohildagi urush va genotsidga zudlik bilan chek qo‘yish, sektor aholisining majburiy ko‘chirilishini to‘xtatish va butun G‘azoga insonparvarlik yordamlari yoppasiga yetkazib berilishi uchun Rafahdagi chegarani zudlik bilan ochish zarurligini qayd etishgan».
Raisiy va Putin iqtisodiy hamkorlikni ham muhokama qilishgan. Putin Rossiya va Eron o‘rtasida savdo aylanmasi hajmi so‘nggi yilda 20 foizga oshib, 5 mlrd dollarga yetganini aytgan.
Uchrashuv boshidagi so‘zlarida ularning ikkisi ham mamlakatlar o‘rtasida harbiy hamkorlik kuchayib borayotganini tilga olishmagan. AQSh va uning ittifoqchilari esa bu haqda tez-tez eslatib turishadi — xususan, Eron Rossiyaga Shahed 131/136 rusumli minglab dronlar yetkazib bergan va ular Ukrainaga zarbalar berishda faol qo‘llanmoqda.
Keyinroq Rossiyaning o‘zida, Yelabuga shahrida ham xuddi shunday uchuvchisiz uchar qurilmalar yoki ularning takomillashtirilgan variantlarini ishlab chiqish yo‘lga qo‘yildi. Eron Rossiyaga tayyor «shahidlar» yetkazib berishda davom etayotgani va Rossiyada yig‘ilayotgan apparatlar qay darajada Eron tarkibiy qismlaridan iboratligi ma’lum emas.
O‘tgan haftada Eron Rossiyaning Su-35 rusumli zamonaviy qiruvchi samolyotlari va Mi-28 jangovar vertolyotlarini xarid qilish jarayonida ekani xabar qilindi.
Putin Raisiyning Moskvaga tashrifi haqida bilganmi?
Eron davlat televideniyesida translatsiya qilingan uchrashuv davomida Putin hafta boshida Fors ko‘rfazi tomon yo‘lda Eron ustidan o‘tayotganida qo‘nishni va Raisiy bilan shaxsan ko‘rishishni istagani haqida aytdi.
«Ammo menga aytishdiki, prezident Moskvaga uchishga tayyorlanmoqda!», — deya qayd etdi Rossiya prezidenti.
Bu gap Erondagi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarida Putin Raisiy Rossiyaga bormoqchiligidan xabari bo‘lganiga shubhalar paydo qildi.
Raisiy Rossiyaga «o‘zini o‘zi taklif qilgan», chunki «Eron Putinning kun tartibida bo‘lmagan», deb hisoblaydi tvitter foydalanuvchilaridan biri.
«Islom Respublikasi uchrashuv o‘tkazishni so‘rab turib olganidan keyin, katta ehtimol bilan ruslar [Raisiy]ni Putinning grafigi oxiriga qo‘yishgan», — deya qo‘shimcha qiladi u.
Ijtimoiy tarmoqning ko‘plab foydalanuvchilari fikricha, Putin Raisiyni uning o‘zini Saudiya Arabistoni va BAAda kutib olishgani kabi shodiyonalik bilan qarshilamadi, deb yozadi BBC Fors xizmati jurnalisti Sorosh Pakzad.
Hafta avvalida Vladimir Putin Rossiyaning to‘rtta Su-35S qiruvchi samolyoti hamrohligida BAAga uchib borib, shayx Muhammad ibn Zayd Al Nahayyon bilan uchrashgandi.
Keyin u Saudiya Arabistoniga yo‘l oldi va valiah shahzoda, amalda ushbu mamlakat hukmdori bo‘lgan Muhammad ibn Salmon bilan uchrashuv o‘tkazdi.
BAA va Saudiya Arabistoni mart oyida Putinni Ukrainada harbiy jinoyatlarda ayblab, uni hibsga olishga order bergan Haagadagi Xalqaro jinoiy sud yurisdiksiyasini tan olmaydi.
Putin Raisiyning Eronga tashrif buyurish bo‘yicha taklifidan foydalanishini aytgan. Eron ham Xalqaro jinoiy sudning Rim statutini imzolamagan.
Mavzuga oid
11:10 / 04.11.2024
CNN: AQSh saylovlari Putinni Kiyev bilan muloqotga undamaydi
21:37 / 31.10.2024
Germaniyada Eronning barcha bosh konsulliklari yopiladi
15:50 / 31.10.2024
Germaniya kansleri Eronni Isroil zarbalaridan so‘ng «vaziyatni keskinlashtirmaslikka» chaqirdi
14:20 / 30.10.2024