Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida suvga oqizib yuborilgan jasad 80 kunda topildi
Bekobodda IIB xodimi mashinasida urib ketib, suvga tashlab yuborgan fuqaroning jasadi Do‘stlik kanalidan chiqqan.
Foto: Daryo/kollaj
2025 yil dekabrida Toshkent viloyati Bekobod tumanida ichki ishlar organi xodimi o‘z mashinasida urib yuborib, so‘ng turmush o‘rtog‘i yordamida suvga oqizib yuborgan jasad 80 kun deganda topildi. Bu ma’lumotni Kun.uz'ga Toshkent viloyati prokuraturasidagi manba tasdiqladi.
Dekabr oyida holat haqida ma’lum bo‘lgach, jasadni topishga qaratilgan keng ko‘lamli qidiruv harakatlari boshlangan, bu ishga ichki ishlar, milliy gvardiya, favqulodda vaziyatlar xizmatlarining tuzilmalari, shuningdek oddiy fuqarolardan iborat yuzlab ko‘ngillilar jalb qilingan edi.
80 kun davom etgan qidiruvlardan so‘ng murda 28 fevral kuni Do‘stlik kanalidan topilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2025 yilning 11 dekabr kuni Bo‘ka—Bekobod avtomobil yo‘lida Nexia-3 da harakatlanib ketayotgan IIB xodimi 43 yoshli fuqaroni urib yuborgan, voqeani yashirish uchun turmush o‘rtog‘ining yordamida jasadni taxminan, 35-40 km uzoqlikdagi Farhod kanaliga oqizib yuborgandi.
Gumondor ushlanib, qamoqqa olingan, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati xavfsizligi qoidalarini buzish) va 117-moddasi 2-qismi (xavf ostida qoldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
21:12 / 29.03.2026
Toshkentda birdaniga 8 ta avtomobil ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘ldi
11:08 / 04.03.2026
Yo‘l bezoriligini targ‘ib qiluvchi akkauntlar bloklanadi - Rustam Jo‘rayev
09:20 / 04.03.2026
Qatarda 11 yoshli o‘zbekistonlik bola YTHda vafot etdi
08:00 / 01.03.2026