Poygaçi ösmir YPX xodimini urib ketdi: tizimli xatolar endi tan olinadimi? Boğçalarda yana ommaviy zaharlaniş: qanday qilib uçta idora Farğona hokimini töxtatolmagan? Birinçi pulli yöl qurilişi boşlandi: xususiy şerik nega yaşirilyapti? Yakunlangan haftaning muhim voqealari şarhi – Kun.uz dayjestida.
55 ta qoidabuzarlik. Ellik oltinçisi ölim bilan tugadi
Özbekistonliklar kamera qarşisida aytilgan “puşaymonman, ming bor uzr” degan gaplarni köp eşitgan. Lekin bir neça kun oldingi voqea avvalgilaridan farq qiladi: qoidabuzar bu gal yöl-patrul xizmati xodimining umriga zomin böldi.
Çorşanba kuni keç soat önga yaqin, Toşkentning Mirobod bozori oldida xizmat vazifasini bajarayotgan kiçik serjant Hosilbek Eşnazarovni BMW M4 rusumli maşina urib ketdi. Oradan 3 kun ötib, u şifoxonada, 33 yoşida hayotdan köz yumdi.
Guvohnomasiz rulga ötirgan, xususiy maktabning 10-sinfida öqiydigan Doniyor – odam ölimiga sabab bölgan paytida boşqa qimmatbaho maşinalar bilan şahar köçalarida poyga öynayotgan bölgan. U panjara ortidan bergan intervyusida öz qilmişini “şöxlik” deb atadi. Afsuski, yigitçaning bu “şöxligi” ortidan 3 nafar yoş bola otasiz qoldi... Jinoyat işi qözğatilib, ösmir hibsga olindi.

Jamiyatda katta rezonans uyğotayotgan boşqa voqealar kabi, bu avariya ham bir kunda, tösatdan röy berib qolmagan: hodisa uzoq vaqt davomida şakllanib kelgan voqealar va ongli qarorlar xronologiyasining fojiaviy kulminatsiyasi bölgan. Bir tomondan, muqaddam bir neça marta qöllangan jarimalar bolasiga tarbiya bermagan badavlat otaning közini oçmagan bölsa, boşqa tomondan mas’ul idoralar uzoq yillardan beri qoidabuzarlarning boşini silab kelayotgan, ustiga ustak oxirgi yillarda köpayib ketgan köça poygalariga panja ortidan qarayotgan edi.
Jamiyatdagi qonun-qoidalarga mutlaqo tupurib qöyib, odamlar hayotiga xavf solayotgan kimsalarga nisbatan davlatning maş’um bağrikengligi – aynan şu keysda ham yaqqol közga taşlanadi. Ma’lum bölişiça, BMW M4 avtomobili Leyla Atadjanova ismli şaxsga tegişli bölib, u 2024 yildan hozirgaça kamida 18 marta maşinani boşqariş huquqi bölmagan şaxsga haydaş uçun bergan, yana 37 marta boşqa turdagi yöl harakati qoidalarini qöpol ravişda buzgan. “Jamoat xavfsizligi” deb boşlanuvçi uzundan uzun nomga ega tuzilmalar esa, qisqa vaqtda 55 marta qoidabuziş faktini jamoat xavfsizligiga tahdid deb hisoblamay yuravergan. Ehtimolki, “qoidabuzarlik köp bölsa, tuşum ham köp böladi” degan buzuq prinsipda iş tutilgan... Oxir-oqibat, 56-qoidabuzarlik ana şu tuzilmaning öz vakilini hayotdan olib ketdi.

Doniyorning otasi intervyusida öğliga “loqayd” munosabatda bölganini aytadi. Xuddi şunday, amaldorlar ham yillar davomida yöllardagi potensial qotillarni şunday erkalatib kelyapti. “Puşaymonman, közim oçildi, ming bor uzr” degan gaplarni aytiş navbati allaqaçon tizim rahbarlariga ham yetib kelgan. Tegişli idoralar yöl harakati sohasidagi tişsiz qonunlarni ötkirlaştirib, jazolar muqarrar va preventiv xarakterga ega bölişini ta’minlamas ekan, hammasi eski hammom, eski toskiligiça qolaveradi.
IIV marhum xodimini “fidokorona xizmat qilgan qahramon öğlon” deb ta’riflagan bölsa-da, bu takalluf qançalik samimiy ekaniga vaqt ötişi bilan, voqealar rivojiga qarab baho bersak böladi: agar vazirlik rahbariyati ana şu qahramon öğlonning vafoti haqqi-hurmati köçalardagi ğirt yovvoyi muhitni tartibga keltirmasa, unda vazirlikning nekrologi şunçaki rasmiyatçilik bölgan degan xulosaga keliş mumkin.
Foto: Serjant Hosilbek Eşnazarov sönggi manzilga kuzatildi
“Yuzta tanişing bölsin...”
Haftaning yana bir antiqahramoni – 23 yoşli Asadbek Jumayev. U avtomobillarni tyuning qiliş bilan şuğullanadigan Uzbelas Performance nomli avtoservisni boşqaradi. YouTube'dagi videolariga qaraganda, özi va döstlarini Toşkentning “yoş boyvaççalari” deb ataydi. Migalka va sirena örnatilgan qimmatbaho ulovlar bilan qöştirnoq içida “obro‘” qozongan. Şahar köçalarida qoidabuzar şeriklari bilan drift qiliş, şaşka yuriş kabi yöl bezoriligini bir neça marta sodir etgan.

Asadbek va Doniyor – özaro taniş. Ularni yanvar oyida şov-şuv bölgan ikkita BMW (X5 va X7) voqeasi boğlab turadi. Öşanda Doniyor avtoraqam taqilmagan, migalka örnatilgan X5'ni boşqarib, YPX xodimlarining buyruğiga javoban töxtagandek bölgan, lekin keyin kalaka qilgandek qoçib ketgan. Öşa voqea videosini internetga Asadbek joylagan va buning uçun, özining aytişiça, boşqalar 15 sutkaga qamaladigan joyda u taniş-bilişlarini işga solib, “önta minimalka” bilan qutulib ketgan. Jumayev instablogerga bergan intervyusida bu qilmişidan “faxrlanişini”ni urğulaydi:
— Kimdir bu narsaning orqasidan 15 sutkaga kirib ketoladi, no biza kiçkina “ştraf” bilan “otdelatsya” qildik. V razmere desyati minimal. [...] Ne imey sto rubley, a imey sto druzey.
— 2-3 yildan keyin şu videoni körsangiz, sizda qanaqa reaksiya böladi?
— Baribir faxrlanaman. Baribir faxrlanaman... Da, mojyet byt, biza yaxşi iş qilmadik, no baribir faxrlanaman. Çunki, kak minimum, my jivyom svoyu jiznyu, kotoruyu zapomnim.
Öşanda sud Asadbek Jumayevni organ xodimlarini obrösizlantiruvçi video tarqatişda ayblab, bu qilmiş uçun minimal jazo – BHMning 20 baravari miqdorida jarima tayinlagan. Ehtimolki, u jarimani 15 kunda tölab, 50 foizlik imtiyozdan foydalangan, şu sababli ham intervyuda “önta minimalka” degan bölişi mumkin.
Taqdirning hazilini qarangki, Asadbekning bu intervyusi internetda muhokamalarga sabab bölişi – Doniyor YPX xodimini urib ketişi bilan bir vaqtga töğri keldi. Qonunni mensimayotgan ikki badavlat yigitçaning qilmişlari ketma-ket ommaga çiqişi – tarmoqlardagi rezonans olovini battar alangalatib yubordi.

IIBB Asadbekni ham kamera qarşisida uzr sörattirdi, prokuratura esa yanvar oyi boşidagi sud qaroriga protest kiritdi. Natijada qaror bekor qilinib, jazo oğirlaştirildi: maqtançoq qoidabuzar juma kuni 10 sutkaga ma’muriy qamoqqa olindi. Ma’lumot uçun, 10 sutka – organ xodimlarini obrösizlantiriş moddasi böyiça beriladigan maksimal jazo demakdir.
Asadbek Jumayevning qamoqdagi suratlari tarqatildi
Vazirlik, agentlik va qömita qoidabuzar hokimni nega tiyolmagan?
Boğça bolalarining ommaviy zaharlanişi bilan boğliq navbatdagi hodisa Farğonada röy berdi. 20 fevral kuni şahardagi bir neçta davlat boğçalariga boradigan jami 60 dan ortiq bola ovqatdan zaharlaniş gumoni bilan şifoxonaga yotqizilgan. Ularda isitma, qorin oğriği, holsizlik, köngil aynişi va iç ketişi kabi belgilar kuzatilgan, ayrim bolalar reanimatsiyaga ham olingan. Zaharlanişdan 4 kun ötib, voqea OAVda keng yoritilganidan keyingina jinoyat işi qözğatildi.

Istalgan noxuş voqeaning tagini kavlasa, tizimli muammolar çiqib kelaveradi. Farğonadagi zaharlaniş ham bundan mustasno emas. U yerda boğçalarga Garden Catering Trade nomli keytering korxonasi xizmat körsatadi, va bu korxona faoliyati avvalboşdanoq şubhali edi: Kun.uz 2024 yilda Quvasoydagi bu loyiha böyiça suriştiruvlar e’lon qilgan, öşanda loyihaning özbekistonlik taşabbuskori Muazzam Ibrohimova va turkiyalik investor Quvasoy şahri hokimi Zafar Töraqulovning ustidan: “U loyihamizni tortib olmoqçi” deya şikoyat qilgan edi. Töraqulov ayblovni rad etgan bölsa-da, Kun.uz ta’sis etilgan firmadagi 40 foiz uluş uning qarindoşi nomiga rasmiylaştirilganini aniqlagan edi. Lekin Boş prokuratura va boşqa idoralar bu holatga köz yumgandi.
Bu mojarodan keyin keytering loyihasining yuridik muassisi özgargan va oçilganiga hali 2 oy ham bölmagan Garden Catering nomli kompaniyaga davlat boğçalari heç qanaqa tendersiz biriktirib berilgan edi. Hayratlanarlisi şundaki, 2024 yilda Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi ham, Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi ham, Raqobat qömitasi ham qonunçilik buzilayotganini tasdiqlab, Garden Catering bilan tuzilgan tendersiz kelişuvlarni bekor qilişni talab qilgan, lekin Farğona viloyati hokimligi bu ogohlantirişlarga parvo qilmagandi.

Boşqaça aytganda, viloyat hokimining qarorini bekor qilişga respublika darajasidagi naq uçta idoraning kuçi yetmagan. Masalan, öşanda vazirlik keytering korxonasidagi taomlar retsepturasi tegişli talablarga javob bermasligi, ovqatlarni taşiş va saqlaşda sanitariya-gigiyena talablari böyiça tizimli işlar belgilab olinmagani, ovqatlar sifatini kunlik nazorat qilib boriş böyiça laboratoriya yöqligini ma’lum qilgan edi.
Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi kuni keça Kun.uz'ga taqdim etgan rasmiy munosabatni öqiymiz:
“Farğonadagi vaziyat – korrupsiyaga qarşi kuraşiş qonunçiligi normalariga bepisand qaraş va nazorat organlari körsatmalarini ijro etmaslik qanday oqibatlarga olib kelişini yaqqol körsatib turibdi. Tender jarayonlarini affillangan şaxslar foydasiga çetlab ötiş nafaqat budjetga zarar yetkazadi, balki bolalar hayoti va soğliğini töğridan töğri xavf ostida qoldiradi”.
Farğonada bolalar zaharlangan boğçalarga ovqat yetkazib bergan firma ta’sisçisi özgarib qoldi

Farğonadagi zaharlaniş – ötgan yili kuzda Jizzax va Toşkent viloyatlari boğçalarida kuzatilgan xuddi şunday holatlardan köp ötmay, hali öşa jinoyatlar böyiça huquqiy jarayonlar tugamay turib röy bergani e’tiborli. Oliy sudning juma kungi xabariga köra, Toşkent viloyatidagi boğçalarda 2 mingga yaqin bolaning zaharlanişi bilan boğliq iş jinoyat işlari böyiça Böka tuman sudining iş yurituviga kelib tuşgan. Bu işda 11 kişiga, jumladan, ta’minotçi Shark Milk Product kompaniyasining rahbarlari va autsorsing firmalari direktorlariga nisbatan ayblov e’lon qilingan. Ulardan 10 nafari qamoqda, 1 kişiga esa uy qamoği tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan.
Şu kunlarda Farğona şahrida boğçadan soğ-omon qaytmagan yana bir bola işi böyiça tergov ketyapti. Kun.uz suriştiruviga köra, ekoşahardagi 66-sonli davlat boğçasida 6 yoşli tarbiyalanuvçi yuqori kuçlanişli transformator punktiga yiqilib, tok urişi oqibatida tana a’zolari kuyib ketgan. Murğak bolaning tasavvurga siğmas dahşatli oğriq va azoblarga giriftor bölişini şunçaki baxtsiz hodisa deyiş qiyin, jinoyat alomatlari yaqqol körinib turibdi: mas’ullarning befarqligi şunçalik bölganki, 2 yil oldin foydalanişga topşirilgan boğça hududidagi yuqori kuçlanişli tok manbayi şunça paytdan beri panjaralar bilan öralmagan, yertöladagi transformator punktining usti esa şunçaki sellofan paket bilan yopib qöyilgan.

Fojia röy bergandan keyingina TPning atrofi panjara bilan tösilib, yertöla usti mustahkam qilib yopildi. Voqea 18 fevralda röy bergan bölsa, bu haqda 25 fevral kuni Kun.uz xabar berganidan keyingina jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari boşlandi.
Mehnat inspeksiyasi: Maktab va boğçalarda baxtsiz hodisalar oşdi
Korrupsiya “xit-paradi”
Yana bir sobiq hokim sudda poraxör deb topildi. Jizzax viloyati Şarof Raşidov tumanini 6 yil boşqargan Mahmud Xolbötayev ötgan yili yozda 10 ming dollar pora olayotganida qölga tuşgan edi. Zomin tuman sudining çorşanba kungi hukmi bilan, u Jinoyat kodeksining 4 ta moddasi: pora oliş, talon-toroj qiliş, vakolatidan çetga çiqiş va yer beriş tartibini buzişda aybdor deb topilib, 11 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. U bilan birga uşlangan hokimlik boş mutaxassisiga esa 7 yil berildi. Ular jazoni umumiy tartibli koloniyalarda ötaşi belgilandi.
Hokimlik vakilining bir dasta dollar bilan qölga tuşişi bu hafta Toşkent viloyati Qibray tumanida ham kuzatildi. DXX xabariga köra, tuman hokimining yordamçisi arxiv hujjatlarini soxtalaştiriş orqali 4 sotix yerni xaridor nomiga ötkazib beriş uçun 50 ming dollar talab qilgan, şundan 10 ming dollarini olayotgan paytda uşlangan.
Toşkent şahrida esa prokuror yordamçisi firibgarlik ustida qölga tuşdi. Muqaddam Şayxontohur tumani, hozir esa Uçtepa tumani prokurorining yordamçisi bölib işlovçi şaxs uy yertölasini ijaraga olib beriş va’dasi bilan 15 ming olgan paytda uşlangan. Boşqa bir holatda, Özbekistondagi yirik banklardan birida katta mansabda işlovçi şaxs tanişlari orqali 73 mlrd sömlik soliq majburiyatini yöqotib beriş evaziga 110 ming dollar sörab, şundan 30 ming dollar avans olgan paytida qölga tuşdi.
Bu hafta yana nimalar röy berdi?

Sankt-Peterburgda muhojir vatandoşimiz qahramonlik körsatdi. 36 yoşli Xayrullo Ibodullayev 7-qavatdan tuşib ketgan bolaning hayotini saqlab qolgan. Buning uçun Rossiyada ham, Özbekistonda ham davlat va jamoat faollari unga ehtirom körsatyapti. Özbekiston prezidentining farmoni bilan Ibodullayevga “Jasorat” medali topşirildi. Peterburg gubernatori ham vatandoşimizni kökrak nişoni bilan mukofotlab, butun şahar nomidan minnatdorçilik bildirdi. Jamoat faollari esa unga 1 mln rubl (qariyb 158 mln söm)lik pul mukofotini taqdim etdi. Şuningdek, Özbekiston Migratsiya agentligi Xayrulloga istagan vaqtda vatanga qaytiş uçun aviaçiptaga almaştiriş mumkin bölgan sertifikat sovğa qildi.
Boysundagi M25 konini jilovlaşning yöli topildi. Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyev Surxondaryoga taşrifi vaqtida ma’lum qildi. “Texnologik murakkab masalaga hamkorlarimiz bilan ilmiy yeçim topildi. Biz avariyani ham töxtatamiz, Surxondaryo iqtisodiyotiga katta turtki beradigan loyihani ham boşlaymiz”, dedi davlat rahbari. “Özbekneftgaz” xabariga köra, kondagi vaziyatni bosqiçma-bosqiç barqarorlaştiriş uçun Xitoyning CNPC va AQŞning Schlumberger kompaniyalari bilan muzokaralar olib borilyapti. Eslatib ötamiz, “Mustaqillikning 25 yilligi” – Özbekistonda hali foydalanilmagan eng katta gaz koni hisoblanadi. Ayni paytda, duşanba kungi boşqa bir yiğilişda “Özbekneftgaz”ga yangi maydonlarda qidiruv işlarini kuçaytiriş topşiriği berildi.
Surxondaryoga ham yuqori tezlikdagi poyezd qatnovi yölga qöyiladi. Prezident raisligidagi yiğilişda aytilganidek, hozir Toşkent–Termiz yönalişidagi poyezd 14 soatdan köproq yöl bosadi. Şu sabab Janubiy Koreyadagi hamkorlar bilan yuqori tezlikda harakatlanuvçi poyezdlar yetkazib beriş böyiça kelişuvga erişilgan. Buning uçun infratuzilmani tayyorlaş işlari joriy yildan boşlanadi. Bundan taşqari, Özbekistonni Afğoniston va Tojikiston bilan boğlaydigan yölni 30 yil içida ilk marta ta’mirlaş, Termizdan Istanbul va Dubay şaharlariga aviareyslarni yölga qöyiş rejalaştirmoqda. Prezident taşrifi vaqtida Surxondaryoda umumiy qiymati 7 mlrd dollardan oşuvçi jami 44 ta loyihaning qurilişi va faoliyatiga start berildi.
Surxondaryoga oid yana bir xabar: Jarqörğon tumani hokimi örinbosari Anvar Rajabov öqituvçilardan majburiy pul yiğgani tasdiqlandi. Ötgan hafta bu tumanda Ramazon oyida kambağal oilalarga xayriya qiliş uçun maktab öqituvçilariga “soliq solingani” haqida Kun.uz xabar bergan edi. Bu hafta uşbu holat rasman tasdiqlandi va hokim örinbosari işdan böşatildi. Uning harakatlariga prokuratura huquqiy baho berişi kutilmoqda. Bu hafta, şuningdek, davlat xizmatçilaridan Toşkent şahar bojxona boşqarmasi sobiq boşliği Tolibjon Saidov ham jamoatçilik diqqat markaziga tuşdi: u davlat rahbarining yoş kadrlar korpusini şakllantiriş haqidagi topşiriğidan keyin, bir guruh hamkasblari qatorida tantanali ravişda pensiyaga kuzatilgan, lekin oradan 4 kun ötib, “Bojxona servis” davlat muassasiga direktor etib tayinlangan. Kun.uz bu haqda xabar berişi ortidan, Saidov yangi lavozimidan ham böşatildi.

Özbekistondagi birinçi pulli avtomobil yöli qurilişi boşlandi. Urganç va Xiva şaharlarini boğlaydigan yöl örtadagi masofani 1 soatdan 17 daqiqagaça kamaytirişi aytilyapti. Trassa 4 tasmali, asfaltbeton qoplamadan iborat böladi, uni quriş uçun 17 ta köprik, 8 ta yöl ötkazgiç va 1 ta tunnel barpo etiladi. 120 mln dollarlik DXŞ loyihasidagi xususiy investor nomi va tegişli qarorlar oşkor etilmayotgani, investor tendersiz tanlangani, loyihalaş işlari quriliş jarayoni bilan parallel olib borilayotgani kabi qator holatlar – loyihaning şaffofligi va aksilkorrupsion ekspertizasi haqidagi savollarga asos bölmoqda. Kelgusida pulli yöldan yuriş uçun qançalik adolatli narx örnatilişi – ayni şu savollar javobiga töğridan töğri boğliq böladi.
Muallif – Komron Çegaboyev
Boşlovçi – Bobur Akmalov
Tasvir ustasi – Şohruz Abdurayimov
Surdotarjimon – E’zoza Ahmedova











