Markaziy bank rais o‘rinbosari: Yaqin kelajakda hech qanday yangi banknotalar ishlab chiqarilmaydi
Bugun, 21 aprel kuni Harakatlar strategiyasining birinchi choragi natijalariga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi. Bu strategiyaning natijalariga bag‘ishlangan ilk tadbir hisoblanadi. Unda o‘ndan ziyod vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok etishdi. Dastlab har bir soha vakili o‘z yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarga oid hisobot berdi. Shundan keyin ommaviy axborot vositalari vakillarini qiziqitirgan savollarga javob berildi.
Jumladan, "Kun.uz" sayti muxbiri tadbirda qatnashgan Markaziy bank raisi o‘rinbosari Shoxruh Shoahmedovga banknotalar haqida savol bilan murojaat qildi:
"Yaqinda 10 000 so‘mlik banknota muomalaga kiritildi, undan avvalgi banknotalar esa, hammaga ma'lum - 5000 va 1000 so‘mlik. Mening nazarimda va o‘quvchilarimiz yuborayotgan maktublarga ko‘ra, banknotalar orasidagi farq juda katta. Bu jamoatchilik transportlari yoki xaridlar uchun hisoblashishda aholiga ma'lum bir qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda. Shu bois istiqbolda 2000 yoki 3000 so‘mlik banknotalarni ishlab chiqarish rejasi bormi?"
Savolga javob berishda banknotalar orasidagi farq haqiqatda katta ekanligi tan olindi. Biroq ular o‘zidan-o‘zi emas, maxsus qaror asosida, tegishli vazirlik va mutasaddi tashkilotlar bilan muvofiqlashtirilgan holda chiqarilishi qayd etildi. "Odatda pul muomalasi tajribasidan kelib chiqqan holda, har bir davlatda o‘rtacha 6-9 tagacha nominal aylanishini kuzatishimiz mumkin. Siz aytayotgan yaqin kelajakdagi rejada hozircha 2000-3000 yoki 15 000 -20 000 so‘mlik banknotalar ishlab chiqarish rejasi Markaziy bankda mavjud emas", - deya javob berdi Sh.Shoahmedov.
Mavzuga oid
11:56 / 11.11.2024
Turkiy davlatlar tashkiloti Markaziy banklari kengashi tashkil etiladi
18:34 / 08.11.2024
Markaziy bank 7 ta bank va 2 ta mikromoliya tashkilotini jarimaga tortdi
23:10 / 07.11.2024
O‘zbekiston oltin-valuta zaxiralari 43 mlrd dollardan oshdi
11:23 / 01.11.2024