O‘zbekiston | 17:43 / 31.05.2018
27380
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston General Motors’ning Asaka zavodidagi aksiyalarini to‘liq sotib oladi

Foto: GM Uzbekistan

«O‘zavtosanoat» yil oxirigacha Asaka shahridagi GM Uzbekistan avtomobil zavodining yagona aksiyadoriga aylanadi. Bu haqda kompaniya boshqaruvi raisi Umidjon Salimov ma'lum qildi.

«Asakadagi asosiy zavod bo‘yicha - biz aksiyalarni sotib olmoqdamiz, bu hukumat qaroriga muvofiq yuz beryapti. Aktsiyalarning bir qismi xarid qilindi, 10 foizi qoldi. Joriy yilda zavod nomini o‘zgartirish haqida o‘ylamoqdamiz. Qanday nomni berish to‘g‘ri bo‘lishi haqida fikr yuritilmoqda», - deya ma'lum qildi Salimov.

Aktsiyalar yil oxiriga qadar sotib olinishi lozim, biroq o‘zbek tomoni jarayonni tezroq yakunlashga harakat qiladi, deya qo‘shimcha qilib o‘tdi u.

Shuningdek, Amerika tomonidan Toshkent motor zavodidagi ulushni sotib olish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. «U yerda bu ancha katta - 70 foizdan ortiq», - deya ta'kidlab o‘tdi Salimov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, motor zavodi boshqa avtomobil markalari dvigatellarini ishlab chiqara oladi. «Zavoddan muqobil motorlarni ishlab chiqarishda foydalanish masalasini muhokama etish qoldi. Yaqin uch oy davomida muzokara jarayoni yakunlanadi, keyin aksiyalarni xarid qilishni boshlaymiz», - dedi u.

Salimovning ta'kidlashicha, bunday kelishuv bozorning demonopolizatsiyasi bilan bog‘liq, bu «O‘zbekistonda faqat GM ishlab chiqarishi bo‘lmasligi uchun kerak».
 
Shu bilan birga, uning qo‘shimcha qilishicha, GM’ning o‘rniga Yevropa ishlab chiqaruvchisi kelishi mumkin. U ehtimoliy sherik sifatida Volkswagen’ni tilga olgan.

Mavzuga oid