«Özavtosanoat» yil oxirigaça Asaka şahridagi GM Uzbekistan avtomobil zavodining yagona aksiyadoriga aylanadi. Bu haqda kompaniya boşqaruvi raisi Umidjon Salimov ma'lum qildi.

«Asakadagi asosiy zavod böyiça - biz aksiyalarni sotib olmoqdamiz, bu hukumat qaroriga muvofiq yuz beryapti. Aktsiyalarning bir qismi xarid qilindi, 10 foizi qoldi. Joriy yilda zavod nomini özgartiriş haqida öylamoqdamiz. Qanday nomni beriş töğri bölişi haqida fikr yuritilmoqda», - deya ma'lum qildi Salimov.

Aktsiyalar yil oxiriga qadar sotib olinişi lozim, biroq özbek tomoni jarayonni tezroq yakunlaşga harakat qiladi, deya qöşimça qilib ötdi u.

Şuningdek, Amerika tomonidan Toşkent motor zavodidagi uluşni sotib oliş böyiça muzokaralar olib borilmoqda. «U yerda bu ança katta - 70 foizdan ortiq», - deya ta'kidlab ötdi Salimov.

Uning sözlariga köra, motor zavodi boşqa avtomobil markalari dvigatellarini işlab çiqara oladi. «Zavoddan muqobil motorlarni işlab çiqarişda foydalaniş masalasini muhokama etiş qoldi. Yaqin uç oy davomida muzokara jarayoni yakunlanadi, keyin aksiyalarni xarid qilişni boşlaymiz», - dedi u.

Salimovning ta'kidlaşiça, bunday kelişuv bozorning demonopolizatsiyasi bilan boğliq, bu «Özbekistonda faqat GM işlab çiqarişi bölmasligi uçun kerak».
 
Şu bilan birga, uning qöşimça qilişiça, GM’ning örniga Yevropa işlab çiqaruvçisi kelişi mumkin. U ehtimoliy şerik sifatida Volkswagen’ni tilga olgan.