Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yuridik shaxslar va yuridik shaxs bo‘lmagan subyektlar to‘g‘risida ma'lumotlar yig‘ishga doir hukumat qarori qabul qilinadi
Yuridik shaxslar va yuridik shaxs bo‘lmagan sub'yektlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va saqlash mexanizmlari yanada takomillashtiriladi.
Vazirlar Mahkamasining “Yuridik shaxslar va yuridik shaxs bo‘lmagan sub'yektlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va saqlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Quyidagilar:
Yuridik shaxslar va yuridik shaxs bo‘lmagan sub'yektlarning markaziy ma'lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom;
Yuridik shaxslar va yuridik shaxs bo‘lmagan sub'yektlarning markaziy ma'lumotlar bazasidagi ma'lumotlarni qayta ishlashda foydalaniladigan tasniflagich va ma'lumotnomalar ro‘yxati tasdiqlanadi.
Belgilanishicha:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi yuridik shaxslar va yuridik shaxs bo‘lmagan sub'yektlarning markaziy ma'lumotlar bazasini yuritish bo‘yicha vakolatli organ hisoblanadi;
yuridik shaxslar va yuridik shaxs bo‘lmagan sub'yektlarning markaziy ma'lumotlar bazasi soliq organlarining Yagona integratsiyalashtirilgan axborot-resurs bazasi negizida tashkil etiladi va yuritiladi;
yuridik shaxslar va yuridik shaxs bo‘lmagan sub'yektlarning markaziy ma'lumotlar bazasini tashkil etish, joriy etish va kelgusida uni yuritishni moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Ma'lumotlarni qayta ishlash markazini modernizatsiya qilish va soliq ma'muriyatchiligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish loyihasi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Belgilab qo‘yilishicha, yuridik shaxslar va yuridik shaxs bo‘lmagan sub'yektlarning markaziy ma'lumotlar bazasi davlat xizmatlarini ko‘rsatish va davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan idoralararo elektron hamkorlik uchun zarur bo‘lgan yuridik shaxslar va yuridik shaxs bo‘lmagan sub'yektlar to‘g‘risidagi yagona ma'lumot manbai hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda yuridik shaxslar va yuridik shaxs bo‘lmagan sub'yektlarni ro‘yxatdan o‘tkazishda foydalaniladigan tasniflagich va ma'lumotnomalarni “Elektron hukumat tasniflagich va ma'lumotnomalari reyestri” axborot tizimiga joylashtirish va o‘z vaqtida yangilanishini ta'minlaydi.
Qaror 2-ilovasida keltirilgan davlat organlari va tashkilotlari:
yuridik shaxslar va yuridik shaxs bo‘lmagan sub'yektlarni ro‘yxatdan o‘tkazishda foydalaniladigan tasniflagich va ma'lumotnomalarning O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga keyinchalik “Elektron hukumat tasniflagich va ma'lumotnomalari reyestri” axborot tizimiga joylashtirish uchun taqdim etilishini;
yuridik shaxslar va yuridik shaxs bo‘lmagan sub'yektlarni ro‘yxatga olishda foydalaniladigan tasniflagich va ma'lumotnomalarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan taqdirda bir kunlik muddatda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga taqdim etilishini ta'minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
uch oy muddatda Maxsus jamg‘arma mablag‘lari hisobidan kiberxavfsizlik talablariga javob beradigan zamonaviy server uskunalarini xarid qiladi va o‘rnatadi;
uch oy muddatda davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlarini markaziy ma'lumotlar bazasi bilan birlashtirish uchun texnik talablarni tasdiqlaydi;
2020 yil 1 dekabrga qadar davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari va resurslarini yuridik shaxslar va yuridik shaxs bo‘lmagan sub'yektlarning markaziy ma'lumotlar bazasi bilan birlashtirish grafigini tasdiqlaydi;
2021 yil 1 yanvarga qadar yuridik shaxslar va yuridik shaxs bo‘lmagan sub'yektlarning markaziy ma'lumotlar bazasini ishlab chiqadi va ishga tushiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi:
Davlat soliq qo‘mitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi va Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda yuridik shaxslar va yuridik shaxs bo‘lmagan sub'yektlarning markaziy ma'lumotlar bazasidagi yig‘ma ma'lumotlarni e'lon qilish jadvallari namunalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
har oy yakuni bo‘yicha tahliliy ma'lumotlarni belgilangan tartibda vazirlik va idoralarga taqdim etib borishni ta'minlaydi.
Yuridik shaxslar va yuridik shaxs bo‘lmagan sub'yektlarning markaziy ma'lumotlar bazasiga ma'lumotlarning kiritilishi va yangilanishiga mas'ul bo‘lgan davlat organlari va tashkilotlari:
a) uch oy muddatda qarorning 2-ilovasida tasdiqlangan tasniflagich va ma'lumotnomalardan foydalanish bo‘yicha yuridik shaxslar va yuridik shaxs bo‘lmagan sub'yektlarning mavjud ma'lumotlar bazalarini inventarizatsiya qilsin. Ushbu inventarizatsiya natijalari bo‘yicha mavjud ma'lumotlarni yangilash darajasini 2020 yil 1 oktyabrga qadar kamida 80 foiz, 2020 yil 1 dekabrga qadar 90 foiz va 2021 yil 1 fevralgacha 100 foizga yetkazilishini;
b) ma'lumotlarni yuridik shaxslar va yuridik shaxs bo‘lmagan sub'yektlarning markaziy ma'lumotlar bazasiga faqat qarorning 2-ilovasida keltirilgan tasniflagich va ma'lumotnomalar asosida taqdim etilishini;
v) ikki oy muddatda mazkur qarorning 2-ilovasida keltirilgan tasniflagich va ma'lumotnomalardan foydalanish bo‘yicha o‘zlarining axborot tizimlari va manbalariga o‘zgartirish kiritilishini ta'minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda tegishli davlat organlari va tashkilotlari bilan birgalikda idoralararo elektron hamkorlik orqali quyidagi ma'lumotlarni yuridik shaxslar va yuridik shaxs bo‘lmagan sub'yektlarning markaziy ma'lumotlar bazasiga o‘tkazilishini ta'minlaydi:
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi - ro‘yxatdan o‘tgan diniy tashkilotlar, jamoat birlashmalari va fondlari, kasaba uyushmalari, nodavlat notijorat tashkilotlar, siyosiy partiyalar, advokatlik byurolari va firmalari, advokatlar hay'ati;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki - ro‘yxatdan o‘tgan banklar, kredit byurolari va xorijiy banklarning vakolatxonalari;
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi - akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik vakolatxonalar, xorijiy davlatlarning konsullik muassasalari, xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari;
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi - xorijiy tijorat tashkilotlarining akkreditatsiyadan o‘tgan vakolatxonalari to‘g‘risidagi ma'lumotlar.
Mavzuga oid
11:59 / 17.12.2025
Dala chetlaridan foydalangan fermerlarga soliq imtiyozlari beriladi
14:39 / 22.10.2025
Atom stansiyalarida xavfsizlik madaniyati uch darajali model orqali joriy etiladi
07:27 / 29.07.2025
Elektromobillardan foydalanishni ommalashtirish to‘g‘risidagi qarorga qo‘shimcha kiritiladi
09:47 / 15.07.2025