Jahon | 09:30 / 16.05.2018
11688
1 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an Netanyahuni aparteidda aybladi

Foto: DPA

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuni aparteidda aybladi. Bu haqda Erdo‘g‘an tvitterdagi o‘z sahifasida ma'lum qilgan.

«Netanyahu – aparteid amal qilayotgan davlat bosh vaziri, ular 60 yildan beri himoyasiz odamlarning yerlarini bosib olmoqda hamda bu BMT rezolyutsiyalarini buzgan holda sodir bo‘lmoqda. Falastinliklarning qoni to‘kilgani aynan uning bo‘ynida», - deya yozgan Erdo‘g‘an.

Avvalroq, Anqara Isroil elchisiga Turkiyani tark etishni taklif qilgandi.

G‘azo sektorida falastinliklarning Isroil armiyasi bilan to‘qnashuvlari oqibatida 61 falastinlik halok bo‘ldi, 2 mingdan ortiq inson jarohat oldi, shundan so‘ng Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Isroilni «terrorchilik davlati» deb atadi.

Mavzuga oid