Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahuni aparteidda aybladi. Bu haqda Erdöğan tvitterdagi öz sahifasida ma'lum qilgan.
«Netanyahu – aparteid amal qilayotgan davlat boş vaziri, ular 60 yildan beri himoyasiz odamlarning yerlarini bosib olmoqda hamda bu BMT rezolyutsiyalarini buzgan holda sodir bölmoqda. Falastinliklarning qoni tökilgani aynan uning böynida», - deya yozgan Erdöğan.
Avvalroq, Anqara Isroil elçisiga Turkiyani tark etişni taklif qilgandi.
Ğazo sektorida falastinliklarning Isroil armiyasi bilan töqnaşuvlari oqibatida 61 falastinlik halok böldi, 2 mingdan ortiq inson jarohat oldi, şundan söng Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Isroilni «terrorçilik davlati» deb atadi.













