14:04 / 02.11.2018
11055

Foto: Moskvada AIBA kongressi ochildi

Rossiya poytaxti Moskva shahrida Xalqaro Boks Assotsiatsiyasining (AIBA) 2018 yilgi Kongressi ochildi.

Foto: Ma'ruf Asqarov / KUN.UZ

Kun.uz muxbiri xabar berishicha, unda AIBA prezidenti vazifasini bajaruvchi G‘ofur Rahimov anjumanni kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Prezident G‘ofur Rahimov o‘zining qariyb bir yillik faoliyati yuzasidan ma'ruza qildi. Shuningdek, AIBA`ga a'zo 5ta konfederatsiya rahbarlarining hisoboti tinglanadi, tashkilotning 7ta komissiyasi o‘z taqdimotlarini o‘tkazadi.

Foto: Ma'ruf Asqarov / KUN.UZ

Shu bilan birga, 2 noyabr kun tartibidan 2018-2020 yillarga mo‘ljallangan yangi biznes-reja taqdimoti, AIBA`ning moliyaviy hisoboti va 4 yillik audit sarhisobini tasdiqlash masalalari ham o‘rin olgan.

Foto: Ma'ruf Asqarov / KUN.UZ
Mavzu
XOQ va AIBA urushi
Xalqaro olimpiya qo‘mitasi o‘zbekistonlik G‘ofur Rahimov AIBA prezidenti bo‘lishini istamayapti va boks sportini olimpiada dasturidan chiqarish bilan tahdid qilmoqda
Barchasi
Mavzuga oid
Top