Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mubashshir Ahmad ishi bo‘yicha uchinchi sud majlisi bo‘lib o‘tdi
Toshkentda Mubashshir Ahmad taxallusi bilan tanilgan diniy ulamo Alisher Tursunovga nisbatan ko‘rilayotgan jinoyat ishining uchinchi sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Ochiq sud majlisida - diniy ulamo o‘ziga qo‘yilgan ayblovlar yuzasidan so‘roq qilindi. Qo‘shimcha ekspertning so‘roq qilinishiga ruxsat berilmadi.
Foto: Kun.uz
15 sentabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Uchtepa tuman sudida o‘tkazilgan majlis qariyb 2 soat davom etdi. Ochiq sud majlisiga yuzlab fuqarolar tashrif buyurdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Ish – sudya Bobur Rahimov raisligida, qoralovchi – Uchtepa tumani prokurori o‘rinbosari Erkin Narzullayev, shuningdek, Abdulloh Sodiq boshchiligidagi advokatlar ishtirokida ko‘rib chiqilmoqda.
Uchinchi sud majlisida advokat tomonidan tergovda guvoh sifatida so‘roq qilingan G‘ayratxo‘ja Saydaliyevni ham so‘roq qilish bo‘yicha iltimosnoma kiritildi. Guvohning oldingi sud majlislarida qatnashgani tufayli uning ko‘rsatma berishiga ruxsat berilmadi. Advokat, shuningdek, oldingi ekspertdan ko‘ngli to‘lmagani sababli qo‘shimcha ekspert sifatida Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning sobiq raisi Nuriymon Abulhasanni ham so‘roq qilishni so‘radi. Uning bu so‘rovi ham sudya tomonidan qanoatlantirilmadi.
Sud majlisida Alisher Tursunovning o‘zi ko‘rsatma berib, Turkiyada faoliyat olib borgan vaqtda chiqarilgan materiallari uchun Diniy qo‘mita ruxsatini olish zarurati bor deb o‘ylamaganini bildirdi. Shuningdek, u o‘ziga qo‘yilgan boshqa ayblovlar bo‘yicha ham izoh hamda qarshi fikrlarini bildirdi.
Mubashshir Ahmadning ta’kidlashicha, uning salomatligi: qon bosimi va qand miqdori me’yorida.
Sud majlisi oxirida sudya tomonlar muzokarasi uchun tanaffus e’lon qildi. Keyingi sud majlisi 18 sentabr kuni, 17:30 ga qoldirildi.
Alisher Tursunovga nisbatan Jinoyat kodeksining uchta moddasi bo‘yicha ayblov qo‘yilgan:
● 244-3-modda: Diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish;
● 244-1-modda: Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish;
● 156-modda: Milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atish.
Ikkinchi sud majlisida Alisher Tursunov tomonidan ijtimoiy tarmoqlarida e’lon qilingan materiallariga tergov organining so‘roviga ko‘ra xulosa bergan ekspertlar qatnashgandi. Xususan, "Renessans" universitetining siyosatshunoslik fanlari bo‘yicha professori Odil Musayev materiallar bo‘yicha siyosiy xulosalar bergan. Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Dinshunoslik ekspertizasi bo‘limi mutaxassisi Shahboz Nizomov esa materiallarni diniy nuqtayi nazardan baholagan.
Birinchi sud majlisida sudya – prokurorning iltimosiga asosan majlisni audio va foto-videolarni yozib olishni taqiqlagan. Lekin sud jarayoni ochiq o‘tadi – unda OAV va jamoatchilik vakillari ishtirok etishi mumkin.
Mavzuga oid
14:43 / 26.11.2025
“Xodimlarim soliqchining uyiga kirishdan avval eshikni taqillatishgan” – sobiq IIB boshlig‘i Akmal Xo‘jayev ko‘rsatmasi tinglandi
14:58 / 19.11.2025
Fuqarolik va iqtisodiy nizolarni ko‘rish tartibi soddalashtiriladi
17:33 / 18.11.2025
Poytaxt IIBBning 8 nafar tezkor xodimi fuqaroning 233 ming dollar mablag‘ini zo‘rlik ishlatib tortib olgani ma’lum bo‘ldi
17:36 / 16.11.2025