U dastlabki sud majlisidagi nutqida jamoat tartibiga tahdid soladigan va adovat qözğatadigan materiallarni tarqatganlikka oid ayblovlarni rad etdi. Tegişli ruxsatsiz diniy materiallar tarqatganini esa Özbekiston Respublikasi hududida bölmagani bilan izohladi.

19 avgust kuni jinoyat işlari böyiça Uçtepa tuman sudida Mubaşşir Ahmad taxallusi bilan tanilgan diniy ulamo Alişer Tursunovga nisbatan jinoyat işi körib çiqila boşlandi.

Kun.uz muxbirining xabar berişiça, jinoyat işi sudya Bobur Rahimov raisligida körib çiqilmoqda.

Sud boşlanişi arafasida sud zaliga audio va videoyoziş vositalarini olib kirişga ruxsat berilmadi. Natijada Mubaşşir Ahmad va uning advokatlari sudyadan jurnalistlarning oçiqlik prinsipiga asosan sud jarayonida bu texnikalardan foydalanişiga ruxsat berişini iltimos qildi. Uçtepa tumani prokurori örinbosari Erkin Narzullayev esa sud jarayoni haqida har xil notöğri talqinlar bölmasligi uçun ruxsat bermaslikni söradi.

Sudyaning ajrimiga köra, sud jarayoni oçiq ötadi – unda OAV va jamoatçilik vakillari iştirok etişi mumkin, lekin audio va foto-videolarni yozib oliş taqiqlandi.

Şundan söng prokuror ayblov xulosasini öqib eşittirdi. Unga köra, sudlanuvçi Jinoyat kodeksining uçta moddasi böyiça ayblanmoqda:

  • 244-3-modda: Diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravişda tayyorlaş, saqlaş, olib kiriş yoki tarqatiş;
  • 244-1-modda: Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlaş, saqlaş, tarqatiş yoki namoyiş etiş;
  • 156-modda: Milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qözğatiş.

Mubaşşir Ahmad ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida diniy materiallarni Din işlari böyiça qömitaning ruxsatisiz tarqatganini tasdiqladi va ruxsat olmaganini Özbekiston Respublikasi hududida bölmagani bilan izohladi.

U, şuningdek, qolgan ikkita modda böyiça ayblovni ham tan olmasligini bildirdi.

Keyingi sud majlisi 8 sentabrga belgilandi. Unda ekspertlar iştiroki kutilyapti.