Saidaziz Sayidaliyev - ayblovlarni rad etishi, “Salimboy” va “Qamchibek o‘g‘ri” bilan qanday tanishligi va qimmatbaho nemis otlarini qayerdan olgani haqida
Toshkentda “ko‘cha jinoyat olami” vakili sifatida sudlanayotgan Saidaziz Sayidaliyev 25 iyul kungi sud majlisida o‘ziga qo‘yilayotgan aksar ayblovlarni rad etishini bildirdi. “To‘g‘ri, davlatimiz qiladigan ishga aralashib qo‘yganman, to‘g‘ri-noto‘g‘ri qilib qo‘yganman, lekin kimlargadir o‘xshab menga oyma-oy pul to‘la degan joyim yo‘q”, dedi u.
“Saidaziz Medgorodok” ishi bo‘yicha sud jarayonlari davom etmoqda. 25 iyul kungi sud tergovida guvoh va sudlanuvchilar ko‘rsatma berdi.
“Menga “Saidaziz Medgorodok” deb nom qo‘yishganini bu yerga kelib bildim. Kim bilan gaplashsam, o‘zimni Saidazizman, “Medgorodok”da turaman deb tanishtirganman. Salim Abduvaliyev menga otamday inson bo‘lib, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatgan. Shuning uchun sport yo‘nalishi bo‘yicha maslahat bergan. “Biznesmen” bo‘lib sportning orqasidan ketgan insonman. Agar shu yo‘l yaxshi bo‘lganda o‘zi “polojyenets” bo‘lardi. Meni o‘g‘ri, “polojyenets” bo‘lish kabi narsalarga umuman “strimitsa” qilmaganman. To‘g‘ri bolaman va haqiqatga, oq-qoraga to‘g‘ri qarayman”, deydi Saidaziz Sayidaliyev.
Sud tergovida Sayidaliyev o‘ziga qo‘yilayotgan aksar ayblovlarni rad etishini bildirdi.
“Xatoyimni bilaman: 229-modda bo‘yicha, o‘zboshimchalik. To‘g‘ri, davlatimiz qiladigan ishga aralashib qo‘yganman, to‘g‘ri-noto‘g‘ri qilib qo‘yganman, lekin kimlargadir o‘xshab menga oyma-oy pul to‘la degan joyim yo‘q”, dedi u.
Shuningdek, prokuror va advokatlar sudlanuvchi Saidaziz Saidaliyevni BYD Song Plus va Lacetti mashinalari, 180 mln so‘mlik nemis otlari kabi boyliklarni qayerdan olganligi borasida so‘roq qilishdi.
Sudlanuvchi nemis otlari qarz evaziga va tug‘ilgan kuniga sovg‘a tariqasida berilganini aytdi.
“Tog‘da 6 sotixli yerim bo‘lgan. Bahrom degan bola bilan BYD Song Plus va Lacetti mashinalariga o‘sha yerimni almashganman”, deydi Sayidaliyev.
Eslatib o‘tamiz, 29 nafar sudlanuvchining aksariyati tovlamachilik, firibgarlik, bezorilik, pora berish, o‘g‘rilik, o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish kabi qator jinoyatlarni sodir qilganlikda gumonlanmoqda. Jumladan, Saidaziz Sayidaliyev Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a” va “v” bandi (Tovlamachilik), 165-moddasi 3-qismi “v” bandi (Tovlamachilik), 168-moddasi 4-qismi “a” va “v” bandi (Firibgarlik), 211-moddasi 3-qismi “a” va “b” bandi (Pora berish), 242-moddasi 1-qismi (Jinoiy uyushma tashkil etish), 243-moddasi (Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish), 277-moddasi 2-qismi “b” va “v” bandi (Bezorilik), 277-moddasi 3-qismi “a” bandi (Bezorilik) bilan ayblanmoqda.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
WP: Zelenskiy va Trampning kelishuvi Rossiya elitasini cho‘chitib yubordi
Jahon | 12:13
-
O‘zbekiston bo‘ylab 58 ta yangi inklyuziv maktab quriladi
O‘zbekiston | 12:12
-
“10 marta takrorlab, eslab qolaman” – 205 ta davlat poytaxtlarini yoddan biladigan 8 yoshli Shukrona
O‘zbekiston | 11:43
-
Qamchiq dovonida yuk mashinasi xandaqqa tushib ketdi
O‘zbekiston | 11:32
Mavzuga oid

10:54 / 29.04.2025
BMT sudi Isroilning G‘azodagi embargosi bo‘yicha eshituvlarni boshladi

13:29 / 22.04.2025
Hokimlarning garovida qolayotgan soha. Maqbullashtirish jarayonidagi bedodliklar – uch fermer misolida

08:54 / 17.04.2025
Yil boshidan beri eng ko‘p qanday ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgani aytildi

13:30 / 16.04.2025