O‘zbekiston | 16:48 / 13.01.2023
13192
2 daqiqa o‘qiladi

“Toshkent – Buxoro – Toshkent” yo‘nalishidagi Afrosiyob poyezdlarining 3 kunlik reyslari bekor qilindi

Noqulay ob-havo sharoiti sababli “Toshkent – Buxoro – Toshkent” yo‘nalishidagi Afrosiyob poyezdlarining 13,14,15 yanvar kungi 3 ta reysi bekor qilindi.

Foto: KUN.UZ

“O‘zbekiston temiryo‘llari” xabar berishicha, yo‘lovchilar Afrosiyob poyezdining o‘rniga quyidagi yo‘lovchi poyezdlardan foydalanishi mumkin:

  • 12-sonli “Toshkent – Buxoro” “Sharq”;
  • 56-sonli “Toshkent – Buxoro – Xiva”;
  • 58-sonli “Toshkent – Buxoro – Shovot”;
  • 72-sonli “Toshkent – Buxoro – Olot”;
  • 125-sonli “Andijon – Toshkent – Buxoro – Xiva”;

“Xarid qilingan chiptalarni temiryo‘l chiptaxonalarida, elektron tarzda xarid qilingan chiptalarni esa chipta.railway.uz saytida qaytarishingiz mumkin. Chipta 100% qiymatda qaytariladi”, – deyiladi rasmiy izohda.

Eslatib o‘tamiz, 13 yanvar kuni Buxoro – Toshkent yo‘nalishidagi Afrosiyob poyezdi “Malik” stansiyasida to‘xtab qolgandi. “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” bunga noqulay ob-havoni sabab qilib ko‘rsatgandi.

 

Mavzuga oid