Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi Rossiya hukumatiga huquq himoyachisi Valentina Chupikni O‘zbekistonga deportatsiya qilishni taqiqladi
Migrantlarga yordam berish bilan shug‘ullanuvchi Tong Jahoni notijorat tashkiloti rahbari Valentina Chupik 25 sentyabr kuni Moskvaning Sheremetevo aeroportida ushlangandi.
Valentina Chupik / Foto: Kun.uz / arxiv
Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi Rossiya hukumatiga huquq himoyachisi Valentina Chupikni O‘zbekistonga deportatsiya qilishni taqiqladi. Bu haqda advokat Darya Trenina o‘z Facebook sahifasida ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, sud 39-qoidani qo‘llagan. Aksariyat hollarda 39-qoida ekstraditsiya yoki mamlakatdan chiqarib yuborishni to‘xtatish uchun qo‘llanadi.
Chupik 17 sentyabrda Rossiyada qochqin maqomidan mahrum qilingan.
U 25 sentyabr kuni Moskvaning Sheremetevo aeroportida ushlangandi.
Shuningdek, unga 2051 yilgacha Rossiyaga kirish taqiqlangan.
Valentina Chupik migrantlarga yordam berish bilan shug‘ullanuvchi Tong Jahoni notijorat tashkiloti rahbari hisoblanadi.
U O‘zbekistonni 2006 yilda tark etgan.
Mavzuga oid
19:13 / 12.06.2023
Rossiyada mehnat migrantlari frontga yuborilmoqda, elchixonalar yetarli e’tibor bermayapti - huquqshunos
11:30 / 29.10.2022
«Migrantlarni qulga aylantirish uchun imkoniyat» - Rossiyadagi o‘zbeklar uchun yangi muammolar haqida
20:24 / 27.09.2022
“Sizlar Rossiyaga minalarni tozalash uchun keraksiz, hayotingizni bunday yakunlamang” - Rossiyadagi migrantlarga maslahatlar
20:53 / 02.10.2021