Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Valentina Chupikka xorijga chiqish pasportini berdi. U Rossiyani tark etdi
30 sentyabr kuni Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi Rossiya hukumatiga huquq himoyachisi Valentina Chupikni O‘zbekistonga deportatsiya qilishni taqiqlagandi.
Moskvadagi Sheremetevo aeroportida qo‘lga olingan huquq himoyachisi Valentina Chupik Yerevanga uchib ketdi. Bu haqda uning yordamchisi Aleksandr Kim ma'lum qildi.
«O‘zbekiston Valentina Chupikka yangi xorijga chiqish pasportini berdi. U bir soat avval Yerevanga uchib ketdi», – dedi Kim.
Huquq himoyachisining kelgusi rejalari aniq emas – uning vakillari Ukraina hukumatidan Chupik va uning 84 yoshli onasi Lyubov Kodensova uchun boshpana so‘rab murojaat qilgan, ammo hozircha javob olishmagan.
Chupik 25 sentyabr kuni Sheremetevo aeroportida ushlangandi. U 17 sentyabrda Rossiyada qochqin maqomidan mahrum qilingan. Shuningdek, unga 2051 yilgacha Rossiyaga kirish taqiqlangan.
30 sentyabr kuni Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi Rossiya hukumatiga huquq himoyachisi Valentina Chupikni O‘zbekistonga deportatsiya qilishni taqiqladi.
Valentina Chupik migrantlarga yordam berish bilan shug‘ullanuvchi Tong Jahoni notijorat tashkiloti rahbari hisoblanadi.
U O‘zbekistonni 2006 yilda tark etgan.
Mavzuga oid
08:40
Kremlda Putin va Shryoder o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
22:29 / 05.06.2026
Rossiya yana urushni tanladi - Zelenskiy Putinga javob berdi
20:55 / 05.06.2026
Rossiya mintaqadagi shunchaki qo‘shni emas, vaqt sinovidan o‘tgan strategik sherik va ittifoqchi - Shavkat Mirziyoyev
20:34 / 05.06.2026