Rossiyadagi özbekistonlik migrantlarga huquqiy yordam beriş bilan şuğullanib kelayotgan asli özbekistonlik huquqşunos Valentina Çupik Kun.uz bilan suhbatda Rossiyada qabul qilinişi rejalaştirilayotgan hujjatga köra uşbu mamlakat mehnat muhojirlari uçun haqiqiy migratsiya konslageriga aylantirilişi haqida gapirdi.

— Siz bilan muhojirlarimiz haqida, şu bilan birga Rossiya fuqaroligini olgan özbeklarimiz haqida suhbat qilgandik, harbiy safarbarlik şaroitida qanday yöl tutişlari kerakligi haqida. Öylaymanki, sizda bu haqda aytadigan, tavsiya qiladigan, ogohlantiradigan gaplar töplanib qolgan...

— Avvalo sizlarga va boşqa ommaviy axborot vositalariga, harbiy safarbarlik e’lon qilingan birinçi kundan boşlab Rossiyani tark etiş zarurligi haqida ma’lumot tarqatganlarga katta rahmat aytmoqçiman. Biz siz bilan uddaladik, bu yordam berdi – uruşga ketayotganlarning dahşatli tölqinini pasaytirdi. Natijaga erişganimizdan juda xursandman.

Öylaymanki, biz köpçilik migrantlar uçun safarbarlik munosabati bilan Rossiyada nima sodir bölayotganini tuşuniş muammosini hal qildik: bu ularga heç qanday yaxşilik olib kelmasligini ular tuşunişdi. Ular buning zöravonlik ekanligini, jinoyat ekanligini tuşunib yetişyapti va ularning köpçiligi Ukrainaga borişni xohlamayapti. Garçi alohida istisnoli holatlar, u yerga borişni istaganlar bor bölsa-da. Mana hozirgina men Ukrainaga borişni istaganlardan biri bilan gaplaşdim...

Valentina Çupik

Nima derdik, har kim öz joniga qasd qiliş yölini özi tanlaydi, albatta... Agar inson özini şarmanda qilmoqçi bölsa, oilasini şarmanda qilmoqçi bölsa, bu uning tanlovi.

Keling, endi migrantlar uçun eng dolzarb bölgan narsalar haqida gapiraylik.

Şu kunlarda [Rossiya prezidenti Vladimir] Putin Rossiya xavfsizlik kengaşi yiğilişini ötkazdi. Unda migratsiya masalasi yopiq eşiklar ortida muhokama qilindi. Natijada, «migrantlar insoniyatning asosiy duşmani» deb e’lon qilingan sirli hujjat paydo bölgan. Menimça, bu hujjatning özi soxta, çunki hujjatlar bunday rasmiylaştirilmaydi, lekin xavfsizlik kengaşi yiğilişi qanday ruhiyatda ötganini anglatadi.

Mujda töğri va aniq yetkazilgan: ular muhojirlarni duşmanga aylantirmoqçi. Muhojirlar Rossiyani tark etayotganini tuşunişyapti. Migrantlarni nafaqat Ukrainaga «göşt» vazifasini bajariş uçun, balki Rossiyada qullik şaroitida mudofaa buyurtmalarida bepul işlatiş mumkinligini tuşunişyapti. Ular şu tarzda muammolarini hal qilişga urinişyapti.