O‘zbekiston | 18:18 / 18.05.2026
1751
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston global kapital bozori uchun yanada ochiq va ishonchli hamkorga aylandi - Saida Mirziyoyeva

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva London fond birjasida O‘zbekiston Milliy investitsiya fondi aksiyalarining birlamchi ommaviy joylashtirilishiga munrsabat bildirdi.

Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva

Mamlakatimiz tarixida ilk bor aksiyalarimiz xalqaro ommaviy savdoga chiqarildi: O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasi “Franklin Templeton” bilan hamkorlikda bir vaqtning o‘zida London va Toshkent fond birjalarida IPO jarayonini boshladi.



Tizimli va izchil islohotlar natijasida iqtisodiyotimiz 3 barobar o‘sdi, davlat institutlari samaradorligi ortib, investorlar uchun kafolatlar mustahkamlandi. Natijada O‘zbekiston global kapital bozori uchun yanada ochiq va ishonchli hamkorga aylandi.

Mamlakatimiz IPO jarayonlarida “BlackRock”, “Franklin Resources”, “Redwheel” kabi ko‘plab yirik xalqaro investorlarning ishtirok etishi dunyo hamjamiyati tanlagan yo‘limiz, salohiyatimiz va kelajagimizga ishonch bildirayotganining yorqin isbotidir.



Avvalroq, London fond birjasida O‘zbekiston Milliy investitsiya fondi aksiyalarining birlamchi ommaviy joylashtirilishi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani xabar qilingandi. Xususan, aksiyalarga bo‘lgan talab joylashtirish hajmiga nisbatan to‘rt baravardan ko‘proqqa oshdi, arizalarning umumiy hajmi esa 3 milliard dollarga yaqinlashdi.

Дилшод Абдуқодиров
Tayyorlagan Дилшод Абдуқодиров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid