Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Finlandiya prezidenti O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi
Finlandiya prezidenti Aleksandr Stubb 30-31 oktyabr kunlari O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi, deya xabar berdi uning matbuot xizmati.
Foto: AP
Aleksandr Stubb 31 oktyabr, juma kuni prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashadi. Rahbarlar muzokaralarining asosiy mavzulari Finlandiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar, shuningdek, geosiyosiy masalalar bo‘ladi.
Tashrif dasturidan biznes anjuman, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida ma’ruza, tashqi siyosat bo‘yicha ekspertlar bilan uchrashuv ham o‘rin olgan.
Finlandiya rahbari delegatsiyasi tarkibida parlament deputati, parlamentning O‘zbekiston bilan do‘stlik guruhi raisi Ville Skinnari ham bo‘ladi. Prezidentga Finlandiya savdo-sanoat kompaniyalari vakillari ham hamrohlik qiladi.
Ma’lumot uchun, Finlandiyaning sobiq prezidenti Mauno Koyvistoning 1992 yildagi tashrifi Finlandiya rahbarining O‘zbekistonga so‘nggi rasmiy tashrifi bo‘lgan.
Joriy yil 9 sentabr kuni Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Stubb telefon orqali muloqot qilgan edi.
Mavzuga oid
15:44 / 02.12.2025
Finlandiyaning O‘zbekistondagi elchisi dipmissiyasini yakunlamoqda
14:49 / 26.11.2025
YeI Finlandiyaga nisbatan ortiqcha defitsit sababli jarima tartibini boshlamoqchi
13:06 / 17.11.2025
Finlyandiya prezidenti: Ukrainada tinchlik muzokaralari yil oxirigacha boshlanishi qiyin
09:58 / 03.11.2025