O‘zbekiston | 14:00 / 29.11.2017
84070
2 daqiqa o‘qiladi

Elyor G‘aniyev prezident devoniga o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vaziri etib tayinlandi.

Xo‘jayev shu yilning avgustidan buyon Hisob palatasida faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.

Kun.uz manbasi ma'lumotiga ko‘ra, 2012 yil yanvaridan buyon ushbu lavozimda ishlab kelgan Elyor G‘aniyev prezident devoniga sektor boshlig‘i sifatida o‘tkazilgan.

Elyor G‘aniyev 1997-2002 yillarda Tashqi Iqtisodiy aloqalar vaziri, 2002-2005 yillarda Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi raisi (bosh vazir o‘rinbosari), 2005-2006 yillarda Tashqi ishlar vaziri (bosh vazir o‘rinbosari), 2006-2010 yillarda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri bo‘lib ishlagan. U 2010-2012 yillarda yana Tashqi ishlar vaziri (O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari), 2012 yil yanvaridan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi rahbari sifatida faoliyat ko‘rsata boshlagandi.

Mavzuga oid