Öz majburiyatini bajarmayotgan xorijdagi hamkorlar bilan sudma-sud yurişdan köra, ba’zan Özbekiston elçixonasining aralaşuvi samaraliroq böladi, deya Xitoydagi öz tajribasidan misol keltirdi tadbirkor Faxriddin Ilyosov. U özbek tadbirkorlari şunday vaziyatlarda elçixonalardan qöllov olişi uçun koll-markazlar taşkil etişni ilgari surdi. Jamşid Xöjayev taklifni qöllab-quvvatladi.
17 yanvar kuni Savdo-sanoat palatasi tadbirkorlarning hukumat a’zolari va elçilar bilan oçiq muloqotini ötkazdi.
Unda söz olgan tadbirkor Faxriddin Ilyosov bir taklifni ilgari surdi: unga köra, xorijdagi hamkorlari tomonidan majburiyatini bajarmaslik muammosiga duç kelgan özbek tadbirkorlariga öşa mamlakatdagi Özbekiston elçixonasi qöldan kelganiça yordam körsatişi kerak.
“Çet eldagi kontr-agentlarimiz bilan muammolar bölib turadi. Deylik, mahsulotni yoki pulimizni berişmaydi, bu böyiça sudlaşamiz, sudlarda yutamiz, lekin öşa davlatda ta’sir doiramiz kiçkina bölgani sababli, xalqaro sudlarda yutgan taqdirimizda ham, pulimizni ololmay qiynalib yuramiz.
Şunday bir keys böldiki, Xitoydagi bir tadbirkor pulimizni vaqtida qaytarib bermayotganda elçixonamizning oddiy qönğiroği bilan hamma iş bitdi. Sababi, ular çöçişadi. Şunga elçixonalarda tadbirkorlar uçun koll-markaz bölsa, bir dona xat yoki bitta telefon qönğiroği bilan yordam berişsa. “Şu tadbirkordan qarzing bor ekan, yoki boşqa nizo bor ekan, şuni qilmayotgan ekansan, sening işingni katta doirada kötaraman, TIVga yozaman, nota beraman”, deb turib, ta’sir ötkazsa, suddan köra köproq natija bölyapti. Şunga agar imkon bölsa, juda yaxşi bölardi”, dedi Ilyosov.
U elçixonadagi koll-markazga tadbirkorlar tomonidan böladigan şikoyatlar asosida öşa mamlakatdagi korxonalarning “qora röyxati” ham tuzilişi mumkinligini qöşimça qildi.
Boş vazir örinbosari Jamşid Xöjayev bu taklifni qöllab-quvvatlaşini bildirdi.
“








